calendar 07 Mar 20:08
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

image

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi.

Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan.

Long March-2C missiyasi model xizmatga kirganidan beri orbitaga eng ko‘p sonli sun’iy yo‘ldoshlarni yetkazdi.

Geely-02 kosmik sun’iy yo‘ldosh turkumi aloqa, navigatsiya va masofadan zondlash texnologiyalarini integratsiyalashgan holda, avtomatlashtirilgan haydash va aqlli tarmoqqa ulanish kabi sohalarda yordam ko‘rsatish orqali butun dunyodagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
52
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

11 Apr 13:57
 
33
0
qalampir.uz

Ispaniyada Telegram'dan foydalanish taqiqlandi

Kecha, 23 mart kuni Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Shunday qilib, Ispaniya Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda. Qayd etilishicha, sud bir nechta media

11 Apr 13:57
 
35
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko

11 Apr 13:57
 
39
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap