calendar 07 Mar 20:08
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

image

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot guruhi bir necha kun avval sinov natijasini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Bu orqali xitoylik olimlar joriy yilning yanvar oyida shunday chipni inson miyasiga joylashtirgan Ilon Maskni ortda qoldirdi. 

Bungacha guruh maymun ustida sinovlar o‘tkazgandi. Faqatgina 2023 yil boshiga kelib, jamoaga birinchi marta odamda tadqiqot o‘tkazish uchun ruxsat berildi. NEO tizimi implantatsiya qilingan bemor 14 yil oldin avtohalokat oqibatida orqa miya jarohatini olgan va falaj bo‘lib qolgandi. Tajribaning dastlabki 3 oyidayoq u protez qo‘l yordamida shishani ushlay oldi.

Mitti miya chipi ikki tanga o‘lchamiga ega. U bosh suyagiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Qurilma batareyalarsiz ishlaydi, buning o‘rniga uskuna yuqori chastotali antenna yordamida masofadan turib yaqin simsiz quvvat bilan quvvatlanadi. Hozirda ushbu implantlar orqa miya jarohati hamda epilepsiya (surunkali nevrologik kasallik) va amyotrofik lateral skleroz (markaziy asab tizimining falajligi) kabi kasalliklarga chalingan bemorlarga yordam berishi mumkin, deb ishonilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi ilk bor odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi chipni o‘rnatgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:31
 
24
0
qalampir.uz

WhatsApp, Instagram va Facebook'da global uzilish yuz berdi

Meta platformalari – WhatsApp, Instagram va Facebook foydalanuvchilari butun dunyo bo‘ylab messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda uzilishlarga duch kelishdi. Bu haqda Downdetector xizmati ma’lum qildi. Ushbu nosozlik butun dunyo bo‘ylab tarmoqqa kirishni nazorat qiluvchi NetBlocks tashkiloti tomonidan tasdiqlandi. WhatsApp ustidan shikoyat qilgan foydalanuvchilarning aksariyati dasturni ocha olmaganini ma’lum qilgan. Messenjerning veb-versiyasiga kirish va xa

10 May 13:31
 
30
0
qalampir.uz

O‘zbekiston mobil internet narxlari reytingida nechanchi o‘rinda turadi?

Mamlakatdagi o‘rtacha ish haqi asosida mobil internet mavjudligini baholovchi Mobil ma’lumotlarning arzonligi indeksida (Mobile Data Affordability Index) O‘zbekiston 179 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda ushbu indeks saytida ma’lum qilindi. Mobil ma’lumotlarning arzonligi reytingini aniqlash uchun mualliflar 10 Gb dan ortiq ma’lumotga ega bo‘lgan oylik mobil telefon rejasining o‘rtacha narxini o‘rtacha ish haqi bilan solishtirgan. MDH davlatlaridan mobil

11 Apr 13:57
 
43
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt odam bo‘lmaydi – Bill Geyts

Milliarder, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning fikricha, sun’iy intellekt inson bajara oladigan barcha vazifalarni bajara olmaydi. Bu haqda u Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘zaro suhbatida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 29 mart kuni Bosh vazir Narendra Modi va Bill Geyts uchrashgan. Suhbat bir qator mavzularni, jumladan, sun’iy intellektning kelajagi, raqamli jamoat infratuzilmasining ahamiyati va Hindistondagi emlash dasturlarini

11 Apr 13:57
 
40
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko