calendar 07 Mar 20:08
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Polsha Bosh vazirining idorasi oldida fermerlar shinalarni yoqib yubordi

image

Polsha Bosh vaziri Donald Fransishek Tusk idorasi oldida fermerlar shinalarga o‘t qo‘ydi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Ba’zi fermerlar, taqiqlarga qaramay, Varshavaga traktorlarda kirgan. Varshavadagi norozilik namoyishi tashkilotchilari poytaxt ko‘chalarida 100 mingga yaqin namoyishchilar chiqishini kutmoqda.

Fermerlarning noroziligi tufayli Budzin va Rogozno o‘rtasidagi 11-sonli respublika yo‘li har ikki yo‘nalishda to‘sib qo‘yilgan. Fermerlar Yevropa Komissiyasining Yashil kelishuviga qarshi chiqmoqda, shuningdek, Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari oqimini kamaytirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligini oshirishni talab qilmoqda.

Seymda ham qishloq xo‘jaligiga oid munozaralar muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polshaning Bidgosh shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida dehqonlar Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa komissari Yanush Voysexovskiyning suratlari yopishtirilgan dahshatli qo‘g‘irchoqlarni dorga osgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jun 17:24
 
29
0
qalampir.uz

Hindistonda yuk poyezdi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor (video)

Bugun, 17 iyun kuni Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yuk poyezdi “Kanchanjunga Express” yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “The Hindu” nashri xabar berdi. Aniqlanishicha, ertalab temiryo‘l stansiyasi tomon yo‘l olgan yo‘lovchi poyezdining uchta orqa vagoni shtatning Darjiling tumanida yuk poyezdi bilan to‘qnashib, relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 15 yo‘lovchi halok bo‘lgan va 60 nafari yaralangan. Voqeadan xabar top

08 Jul 19:50
 
25
0
qalampir.uz

Orban Xitoydan Vashingtonga boradi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Pekinga safari ortidan darhol Vashingtonga tashrif buyurishini e’lon qildi. Bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozdi. “Keyingi to‘xtash: Vashington”, degan Bosh vazir. Viktor Orbanning 9-11 iyul kunlari Vashingtondagi NATO sammitiga safari uning Kiyev, Moskva va Pekinga tashrif buyurgan tinchlikparvar missiyasiga kirmaydi. Biroq Bosh vazir idorasi rahbari Gergeli Guillasning ta’kidlashicha, Orbanning Amerika poyta

20 Jul 20:17
 
41
0
qalampir.uz

Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarni hibsda saqlash muddati belgilanmoqda 

Migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan deportatsiya qilinganda ular maxsus muassasalarda ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat saqlanadi. Bu bo‘yicha qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasi joriy yilning 18 iyul kuni birinchi o‘qishda ma’qulladi.  O‘zgartirishlar kiritilgan “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan chet ellik fuqarolar hamda migrantlar mamlakat hududidan chiqarib yuborilish

02 Jun 18:23
 
28
0
qalampir.uz

Jahon yetakchilari “D kuni”ning 80 yilligiga yig‘ilyapti

Faxriylar va jahon yetakchilari 6 iyun kuni Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi Normandiya shahrida 1944 yildagi “D kuni”ning 80 yilligini nishonlash uchun uchrashadi. Mehmonlar orasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bo‘ladi. 2022 yilda Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirib, ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng yirik qurolli mojaroni boshlagan Rossiya mazkur tadbirga taklif etilmagan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Ikkinchi Jahon urushi payti mazk