calendar 02 Jun 18:23
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jahon yetakchilari “D kuni”ning 80 yilligiga yig‘ilyapti

image

Faxriylar va jahon yetakchilari 6 iyun kuni Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi Normandiya shahrida 1944 yildagi “D kuni”ning 80 yilligini nishonlash uchun uchrashadi. Mehmonlar orasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bo‘ladi. 2022 yilda Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirib, ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng yirik qurolli mojaroni boshlagan Rossiya mazkur tadbirga taklif etilmagan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ikkinchi Jahon urushi payti mazkur voqea (D kuni)da 150 000 dan ortiq ittifoqchi qo‘shinlar natsist nemis kuchlarini quvib chiqarish uchun Fransiyaga kirib borgan. Sakson yil o‘tganiga qaramay, Normandiya plyajlari va dalalarida “D kuni”da boshlangan janglarning izlari saqlanib qolmoqda.

Tirik qolgan britaniyalik, amerikalik, kanadalik va fransuz faxriylari soni kamayib bormoqda, ularning aksariyati 100 yosh va undan katta. Bu ularning ayrimlari uchun Normandiyaning shamolli plyajlaridagi so‘nggi yirik marosimlardan biri bo‘lishi mumkin.

4500 ga yaqin mehmonlar, jumladan, 200 ga yaqin faxriylar, asosan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Fransiyadan kelishi kutilmoqda. Ular orasida AQSH armiyasining 101 yoshli faxriysi Jeyk Larson ham bo‘ladi. AQSH Prezidenti Jo Bayden 5-9 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Fransiyada bo‘ladi. U ittifoqchi kuchlarning qahramonligi va demokratiyaga tahdid solayotganlar haqida ma’ruza qilishi kutilmoqda.

Mehmonlar orasida Zelenskiy, shuningdek, Germaniya kansleri Olaf Shols, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo va Britaniya qiroli Charlz, qirolicha Kamilla va shahzoda Uilyam ham bor.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

15 Jul 12:02
 
60
0
qalampir.uz

Falastinda tinchlik o‘rnatilmasa, Turkiya NATO tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamaydi – Erdo‘g‘an

NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Falastinda keng qamrovli va mustahkam tinchlik o‘rnatilmaguncha alyans doirasida Isroil bilan hamkorlik qilish tashabbuslarini ma’qullamaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitidan so‘ng, jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. Erdo‘g‘an o‘z nutqi avvalida terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Uning s

16 Jul 09:32
 
101
0
qalampir.uz

Xitoy FATH va HAMAS vakillarini qabul qiladi – NYT

Xitoy hukumati kelasi hafta Pekinda HAMAS va FATHning yuqori martabali vakillarini qabul qiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi. Qayd etilishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya keyingi hafta harakat delegatsiyasi bilan birga Xitoy poytaxtiga boradi. O‘z navbatida, FATH delegatsiyasi tarkibiga harakatning uchta yuqori martabali vakili, jumladan, FATH raisi o‘rinbosari ham kiradi. FATH va HAMAS vakillari bir qator uchrashuvlarda harakatlar o‘rtasida