AYOLLARNING BAXTI – XALQIMIZ, JAMIYATIMIZNING BAXTIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsi
O‘zbek ayollari o‘zining matonati, sabr-toqati, metin irodasi-yu mislsiz jasorati bilan hamisha mavqeyini sarbaland ushlagan. Mamlakatimiz xotin-qizlari tarixning turli davrlarida, suronli yillarida, har xil qiyinchilik va jang-u jadallarda ham matonat va jasorat namunasini ko‘rsatgan. Bunga moziy ham guvoh. Masalan, olis tarix sahifalaridan joy olgan massagetlar malikasi To‘maris miloddan avvalgi 529-yilda Ahamoniylar podshohi Kir II ni jang maydonida yengishning uddasidan chiqqan edi.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II Turonga bostirib kirganida, massagetlar Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini va massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Forslar hiyla yo‘li bilan To‘marisning o‘g‘li Spargalis (Siparangiz)ni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Fors qo‘shinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok bo‘lgan. To‘marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati to‘g‘risida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar to‘qildi.
Yana bir misol, Qo‘qon xoni Umarxonning turmush o‘rtog‘i, o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin vakilasi, «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ijod qilgan Nodira (Mohlaroyim)dir. 1822-yilda Umarxon vafot etgach, uning o‘g‘li 14 yoshli Muhammad Alixon (Ma’dalixon) taxtga ko‘tariladi. Lekin davlatni asosan Nodiraning o‘zi idora qiladi. U madaniyat va san’atni rivojlantirishga intildi. Qo‘qonda yirik adabiy muhit vujudga keldi. Bozor-u rastalar, masjid-u madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor berildi. Go‘ristoni kalondagi Madrasayi Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino ettirgan.
Anglaganingizdek, o‘zbek ayollari hatto davlatni idora qilishdek mas’uliyatli vazifalarda ham jonbozlik ko‘rsata olgan. Bu nozik xilqat vakilalarining har qanday ishga mas’uliyati ikki karra kuchliligini, qayerda bo‘lmasin, o‘z vazifasini ortig‘i bilan bajara olishiga yaqqol dalildir.
Ayni damda jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni beqiyos. Fidoyiligi, qobiliyati bilan barchani hayratga solayotgan ayollar safi esa muttasil ravishda kengayib bormoqda. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ta’sirini oshirish so‘nggi yillarda barcha davlat dasturlarining ustuvor yo‘nalishlari sifatida kiritib borilmoqda. Mustaqillik yillarida xotin-qizlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Oila kodeksida turmushda, oilaviy munosabatlarda ayollarning erkaklar bilan teng huquqli ekani, oila davlat tomonidan muhofaza etilishi o‘z aksini topgan.
Shu vaqtga qadar ayollar huquqi himoyalangan ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Ayniqsa, xotin-qizlarimizni ish bilan ta’minlash, tabdirkorlik qilishlariga erkinlik berish, rag‘batlantirish borasida sezilarli ishlarni kuzatish mumkin. Bugungi kunda xotin-qizlar minglab yillar davomida umuman ko‘rmagan va guvohi bo‘lmagan, orzu-intilishlarining mazmun-mohiyatiga aylangan siyosiy huquqlarga hech qanday to‘siqlarsiz erishmoqdalar. Ularga nisbatan qarashlarning tubdan o‘zgargani va endi nafaqat oilaviy hayot, balki davlat va jamiyat hayotida ayollar hamda erkaklarning maqomi ham tenglashgani diqqatga sazovordir.
Prezidentimizning ayollarni, onalarni hayotdan rozi qilish ustuvor jihat ekanligini ta’kidlagani ham bejiz emas: «Biz erkin va farovon, demokratik, dunyoga ochiq mamlakatni barpo etishda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz ham beqiyos hissa qo‘shayotganini albatta yuksak qadrlaymiz. O‘zbekistonda qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening ko‘z o‘ngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dard-u tashvishlari turadi. Oila tayanchi, jamiyat ustuni bo‘lgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo‘lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo‘ladi!»
Ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ham ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilangan. Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish Sharq xalqlariga, jumladan, o‘zbek xalqiga xos xususiyatdir. Muborak hadisi sharifda keltirilgan «Jannat onalar oyog‘i ostidadur», «Avval onangizga, yana onangizga va yana onangizga, so‘ngra otangizga yaxshilik qiling», degan benazir so‘zlarda ham ana shu adoqsiz ehtirom namoyon bo‘lib turibdi. Millat ayollarni nechog‘lik ulug‘lasa, uning o‘zi ham shunchalik ulug‘lanadi.
Zamonaviy ayol deganda, birinchi navbatda, oliy ma’lumotga ega, dunyoqarashi keng, iqtisodiy jihatdan mustaqil, ma’naviyati yuksak, faol rahbar yoki xodim, barkamol avlodni tarbiyalaydigan mehribon ona, hurmat-ehtiromga sazovor ayol, saranjom-sarishta bekani ko‘z oldimizga keltiramiz. Bunday ayolning munosib ijtimoiy-siyosiy maqomini ta’minlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub maqsadidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva BMT va boshqa nufuzli tashkilotlarning minbarlarida ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari hamda boshqa ko‘plab
global muammolar haqida bong urayotganligi, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning namunali faoliyati, yoshlar, bola huquqlari bo‘yicha ayol rahbarlarning yetakchilik qobiliyati e’tirof etilayotganligi yangi O‘zbekistonda ayollarga e’tibor yuksak darajaga chiqayotganligidan dalolat beradi.
Yurtimizda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samarasi, o‘z navbatida xotin-qizlarga bildirilayotgan ishonch, desak, adashmagan bo‘lamiz. Bir so‘z bilan aytganda, xotin-qizlar hamisha davlat e’tiborida, e’zoz-u ardog‘ida. Chunki ayol o‘zini baxtli his qilsa, jamiyat baxtli bo‘ladi, oilada ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlanadi!
Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra