Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh inspektori, kapitan Azamat Suvanov ham ana shunday halollikni shior qilgan xodimlardan. U bir emas, uch marotaba o‘zining xizmat vazifasiga sodiqligini namoyon etib, noqonuniy hujjat tayyorlab berishdan bosh tortdi, tamaga qo‘l urmadi.
Birinchi holat 2023-yilning dekabrida sodir bo‘ldi. Afg‘oniston fuqarosi D.Sabir (ism-sharifi o‘zgartirildi)
qariyb 5 yildan beri ishchi viza asosida oila a’zolari bilan birgalikda Termiz shahrida yashaydi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. U kapitan A.Suvanovning xizmat xonasiga borib, voyaga yetmagan farzandiga noqonuniy ravishda viza rasmiylashtirib berishi uchun xodimga 800 AQSH dollari miqdorida pora taklif qiladi.
O‘z navbatida, kapitan A.Suvanov unga qonunlarimizga ko‘ra, o‘g‘li 2023-yil 22-dekabrda 18 yoshga to‘lishini, shu sababli undan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi uchun pasport vizasi talab qilinishini, shuningdek, pora berish va olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini tushuntiradi.
D.Sabir shu kuni yana qaytib kelib, pora taklif qiladi. Xodim unga qayta tushuntirish berishiga qaramay, u bu harakatida davom etadi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda D.Sabir
800 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Joriy yilning yanvar oyida bosh inspektor A.Suvanovga noqonuniy viza muddatini uzaytirish uchun 200 AQSH dollari, yana bir holatda
«B-2» (biznes viza) ishga kirish vizasini «E» ishchi kirish vizasiga almashtirish uchun 2 million so‘m pul mablag‘i pora sifatida taklif qilinadi. Ammo bosh inspektor birinchi holatdagidek xorijlik fuqarolarga bu harakatlari qonunlarimizga zid ekanini bot-bot tushuntirishiga qaramay, ular taklif qilishda davom etishadi.
Keyingi ikkala holatda ham A.Suvanovning bildirgisiga muvofiq, Afg‘oniston fuqarolari ushbu pullarni
uning xizmat xonasida berayotgan vaqtida ushlandi.
Feruza RAHMONQULOVA,
o‘z muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda