Kuzatuv
Uzoq yillar davomida yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi yo'lida xizmat qilib, yorug' yuz bilan pensiyaga chiqish har bir ona Vatan posbonining bir umrlik orzusidir. Bugun IIV Tibbiyot boshqarmasi tibbiy nazorat va tekshiruv guruhi yetakchi mutaxassis-shifokor-farmasevti, podpolkovnik Rasuljon Abdullayev ham ana shunday izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi.
Tadbirda vazirlik tibbiyot boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Shuhrat Nishanov so'zga chiqib, R. Abdullayevning g'ayrat-shijoat bilan faoliyat yuritgan yillariga bir nazar tashladi.
U Toshkent farmasevtika institutini tamomlaganidan so'ng, IIV Tibbiyot boshqarmasi Namangan shahridagi Respublika fizioterapiya kasalxonasining dorixona boshlig'i-provizor lavozimida faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik, sohadagi bilim va tajribasini yanada boyitgan bu inson rahbariyat tomonidan IIV Tibbiyot boshqarmasi tibbiy ta'minot bo'limi katta mutaxassis-shifokori etib tayinlandi. Shundan so'ng, mazkur boshqarmaning turli rahbarlik lavozimlarida fidoyilik bilan xizmat ko'rsatib, o'zini har jihatdan ijobiy namoyon etgan Rasuljon Abdullayev 2018 yildan to hozirga qadar egallab turgan lavozimida faoliyat yuritdi.
Shuningdek tadbirda xodimning hamkasblari va shogirdlari ham o'zlarining samimiy tilaklarini bildirib o'tishdi. An'anaga ko'ra, R. Abdullayevga to'n kiydirilib, esdalik sovg'alari topshirildi.
Mixli SAFAROV,
o'z muxbirimiz.
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 411-son qarori asosida sotuvga qoʻyilgan 'Fargʻona' yoʻli va 'Abdurauf Fitrat' koʻchalari kesishmasida joylashgan lotning boshlangʻich narxi 15,94 milliard soʻm etib belgilangan.Xaridor bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, 'ekobozor', koʻngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat koʻrsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurishi kerak. Qurilish ish
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan oliy taʼlim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish, ularni milliy va xalqaro taʼlim tizimiga moslashtirish yoʻllarini muhokama qilish maqsadida 'Koʻp tarmoqli tadqiqot va taʼlimning global istiqbollari' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.Xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham ancha keng boʻldi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi
Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?
Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.