calendar 07 Mar 20:07
eye 54
comments 0
comments Manba: postda.uz

ENG ASOSIYSI XALQ BILAN

image

Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ko‘rgazmali seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.  

Mazkur yo‘nalishdagi ilk bor, eksperiment tariqasida o‘tkazilayotgan seminarda dastlab boshqarma tashkiliy bo‘limi boshlig‘i so‘z olib, ushbu tadbirning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bugun Samarqand shahri IIO FMB tasarrufida 9 ta IIB mavjud bo‘lib, shaxsiy tarkib va kuch-vositalar tun-u kun xizmat olib borishadi.

Tashkiliy bo‘limga tegishli xizmatlar tomonidan sutka davomida olingan tezkor ma'lumotlar, tungi xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkib tomonidan amalga oshirilgan ishlar, qayd etilgan jinoyat va hodisalar rahbarga muntazam ravishda yetkaziladi. Bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham muhim o‘rin tutishi aytib o‘tildi. 

Shundan so‘ng boshqarma HPB boshlig‘i so‘z olib, hududlardagi kriminogen vaziyat haqida axborot berdi. Qizil hududlarni sariq yoki yashil toifaga o‘tkazilishida amaliyotda qo‘llanilgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla yettiligi bilan olib borilgan profilaktik jarayonlar misollar yordamida tushuntirib berildi.  

Seminarda YPX faoliyati ham o‘rganildi. Yo‘yl transport hodisalrining oldini olish va kamaytirish uchun qilingan ishlar, ularning samaradorligi xususida bo‘lim boshlig‘ining axboroti tinglandi. Yo‘llarda xavfsizlikni ta'minlash, tirbandliklarni kamaytirish, harakat xavfsizligiga e'tibor qaratish bosh maqsad ekanligi ta'kidlandi. Shahardagi kuzatuv kameralari va tezlikni cheklovchi radarlarning ahamiyati va foydali jihatlari barcha ishtirokchilarga tushuntirildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i ham so‘z olib, o‘zining kunlik ish faoliyati bilan o‘rtoqlashdi. Rahbar xizmat jarayoni borasida har bir jihatga e'tibor qaratar ekan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar hech vaqt e'tibordan chetda qolmasligini ta'kidlab o‘tdi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlarga ijobiy hal etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Bu bo‘yicha kunlik bajarilgan ishlar Samarqand shahar So‘g‘diyona maskanida joylashgan 3-sektor shtabida muhokama etilishi ham aytib o‘tildi.

 Ko‘rgazmali seminarda ishtirokchilari Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBda xodimlarning xizmat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.

Samarqand shahrining Qorasuv maskanida joylashgan 9-son IIB ko‘p ming sonli aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va osoyishtalikni saqlashga alohida e'tibor qaratilib, bo‘lim binosi zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangan. Markazga integratsiya qilingan kuzatuv kameralari orqali ko‘plab jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinadi.

Samarqand shahri miqyosida “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud”, qolaversa, yo‘l transporti bilan bog‘liq hodisalarni oldini olish maqsadida sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda, “Diqqat piyoda”, “Xavfsiz yo‘l” tadbirlari muntazam ravishda olib borilishi ham seminar davomida ta'kidlab o‘tildi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad, bugun davlat idoralari bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlarning yaqin va uyg‘unligi, har bir holatga adolatli va shaffof yondashish, eng asosiysi xalq bilan birga, yonma-yon bo‘lib xizmat olib borish kabi ezgu maqsadlar mujassam.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
43
0
postda.uz

Foydali o‘quv mashg‘uloti

Qashqadaryo viloyati IIBda o‘quv-amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari qatnashdi. Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va vazirlik Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘

11 Apr 14:01
 
29
0
xs.uz

Taxtakoʻpirda ishlab chiqarilayotgan osh tuzi Germaniyaga eksport qilinmoqda

Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Taxtakoʻpir Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolida joylashgan eng chekka tumanlardan biri. Bu yer aholisi shu paytgacha chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanib kelgan. Bugungi kunda tumanda tadbirkorlik va ishlab chiqarish ham rivojlanyapti.2020-yilda faoliyatini boshlagan 'Good Salt Production' masʼuliyati cheklangan jamiyati osh tuzi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.' Hozirgi kunda korxonamizda 25 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda, ' deydi 'G

11 Apr 13:55
 
47
0
postda.uz

ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ҚОИДАЛАРИГА АМАЛ ҚИЛИНГ!

Ҳозирги кунда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан йўлларда хавфсизликни таъминлаш борасида нафақат ҳайдовчилар, балки пиёдалар, айниқса, болалар ўртасида профилактик тадбирлар ўтказилиб, уларнинг соҳага оид билимларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилмоқ

11 Apr 13:55
 
32
0
postda.uz

Саломатликни сақлаш йўлида

Касб фидойисиИлҳомжон Умаров Андижон давлат тиббиёт институтини тамомлаб, стажировкани ўтагандан сўнг Асака шаҳар шифохонасида жарроҳ бўлиб ишлай бошлади. Кейинчалик Россия Федерациясининг Курган шаҳридаги Травматология ва ортопедия илмий-тиббий тадқиқот марказида к