calendar 07 Mar 20:07
eye 83
comments 0
comments Manba: postda.uz

ORZULAR RO‘YOBI

image

Istiqlol tengdoshi bo‘lgan Madina Qarshi shahrida tug‘ilgan. U maktabni tamomlab, Shayxali maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida elektron hisoblash markazi operatori yo‘nalishida o‘qidi. 

Madinaning onasi iste’fodagi katta serjant Luiza Husanova IIV jazoni ijro etish tizimida ishlagan. Otasi, iste’fodagi katta serjant Mahmud Turdiyev esa IIV Qorovul qo‘shinlari tarkibida 20 yildan ortiq xizmat qilib pensiyaga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i Bekzod Abdusalomov ham 2016-yilda IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizdagi 7531-harbiy qismga shartnoma asosida xizmatga kirdi. Hozir 7533-harbiy qismda xizmatni davom ettiryapti.

Yaqinlariga havas qilgan Madina ham 2019-yilda IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli Toshkent shahridagi 7534-harbiy qismga hujjat topshirdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, 3-toifali nazoratchi sifatida xizmatni boshladi. Ustozi, katta serjant Feruza Abdurahmonovadan kasb sirlarini o‘rgandi. O‘tgan qisqa vaqt davomida u oila yumushlarini ham, harbiy xizmatni ham uddalab, namunali xodima sifatida shakllandi.

– Yoshligimda ota-onamning xizmatdan qaytishini intizorlik bilan kutardim, – deydi kichik serjant Madina Fay­ziyeva. – Ularning el osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotganidan faxrlanardim. Hozirda mening ham Vatan himoyachisi bo‘lish to‘g‘risidagi orzuyim ro‘yobga chiqdi.

Turmush o‘rtog‘i Bekzod Abdusalomovning qo‘llab-quvvatlashlari natijasida yosh xodima ikki nafar farzandining tarbiyasida ham sobitqadam. Bugungi kunda IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-harbiy qism 4-batalyon 3-toifali nazoratchisi lavozimida xizmat qilayotgan kichik serjant Madina Fayziyeva zimmasidagi vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqda.

Sodiq RAHIMOV,

o‘z muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 08:50
 
9
0
postda.uz

Olti oylik faoliyat sarhisob qilindi

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yilning birinchi yarmi yakuniga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkib

26 Jul 10:21
 
7
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.Inflyatsiyaning kutil

11 Jun 13:56
 
54
0
postda.uz

HALOLLIK – SHIORI UNING

Koson tumani markaziy shifoxonasi ro‘parasida o‘rnatilgan svetoforning qizil chirog‘ida “Lada largus” avtoulovi to‘xtab turgan vaqtda tumanning “Mash’al” MFYda yashovchi fuqaro O‘.T. boshqaruvida bo‘lgan “Tiko” orqa tomonidan kelib urishi natijasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Tuman IIB JXX YHXB inspektori, katta serjant О.Suyunov voqea joyiga yetib bordi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi. Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha haydovchi O‘.T. tibbiy

11 Jul 15:13
 
69
0
xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod