calendar 07 Mar 20:07
eye 123
comments 0
comments Manba: postda.uz

SALOHIYATLI KOMANDIR

image

Asli Toshkent viloyatida tug‘ilgan Abdulaziz Saliyev bolalikdan biror ishga qo‘l ursa, yakuniga yetkazmaguncha qo‘ymasdi. Uning tirishqoqligiga tengdoshlari havas qilishardi. Lavhamiz qahramoni IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, 7534-harbiy qismda guruh komandiri, vzvod komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 

vzvod komandiri, batalyon 

shtabi boshlig‘ining nazoratchilar xizmati bo‘yicha o‘rinbosari, 7533-harbiy qismda 1-o‘qchi batalyon komandiri lavozimlarida samarali xizmat qildi. 

2017-yildan faoliyatini Navoiy viloyatidagi 7532-harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i sifatida davom ettirgan lavhamiz qahramoni ayni paytda Zarafshon shahridagi 7551-harbiy qism komandiri lavozimida xizmat olib bormoqda. Amaldagi qonun­chilik va Umumharbiy nizomlarga muvofiq ish ko‘rishi, yuksak komandirlik salohiyati tufayli qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilari orasida obro‘-e’tibor qozondi. Yillar davomida to‘plagan boy tajribasi va bilimlarini ofitserlarga qunt bilan o‘rgatadi. 

Shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizom va qonuniylikni mustahkamlash hamisha uning diqqat markazida. Harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligi va jangovar shayligini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelyapti. Bunda o‘quv mashg‘ulotlari va mashqlarining yuqori saviyada tashkil etilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. 

Harbiy qismda qisqa vaqt ichida Madaniyat markazi barpo etildi. Undan ma’naviyat va ma’rifat xonasi, vatanparvarlik burchagi, o‘quv zali, kutubxona, psixologik trening xonasi o‘rin olgan. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxonalar, maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari to‘liq ta’mirlandi. 300 kishiga mo‘ljallangan askarlar oshxonasi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.  

– Askarlar uchun yashash sharoitlarni yaxshilash borasida amalga oshirgan ishlarimiz kelgusida ularning xizmat samaradorligi yanada oshishida muhim omil bo‘lishi shubhasiz. Qolaversa, askarlarning ota-­onalari ham farzandlarini ko‘rgani kelishganida yaratilgan qulayliklarni ko‘rib mamnun bo‘lishyapti, – deydi polkovnik Abdulaziz Saliyev.

Mahliyo XOLOVA,

o‘z muxbirimiz.

Navoiy viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)