Halollikni shior qilgan xodimlar
Do‘stlik tumanidagi Paxtazor yo‘lining 1-kilometrida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX YHXB YPX batalyoni uchinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor Azamat Mamatov yuqori tezlikda kelayotgan «Nexia-3» avtomashinasiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatdi. Haydovchining avtoulov harakatini keskin sekinlashtirgani xodimni sergak torttirgandi.
YPX inspektori yaqinlashganda, haydovchi ko‘zini olib qochdi, uning xotirjam emasligi avtoulov yuritgichini o‘chirishga urinayotgan qo‘l harakatlaridan sezilib turardi. Muloqot chog‘ida safdor suhbatdoshining ko‘z qorachiqlari kengayganligini payqadi.
Bular hammasi haydovchining mast holatda ekanligiga ishora qilardi. Shu bois qonun himoyachisi Arnasoy tumanining «Do‘stlik» mahallasida yashovchi B.T.ni «Alkostop 8000 S»da tekshiruvdan o‘tkazdi. Qurilma haydovchining spirtli ichimlik ta’sirida ekanligini ko‘rsatdi.
Xodim holat yuzasidan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga qo‘yish choralarini ko‘ra boshladi. Kutilmaganda haydovchidan piyodaga aylanib qolayotgani B.T.ni cho‘chitib yubordimi, inspektorga 1 million so‘m hamda 400 AQSH dollari miqdorida pora taklif qildi. Buning evaziga safdor bayonnomani yo‘q qilishi hamda avtomashinani jarima maydonchasiga qo‘ymasligi kerak edi.
Inspektor B.T.ning mazkur xatti-harakati qonunga zid ekanligini tushuntirdi. Haydovchi esa: «Erkakchilikda hamma narsa bo‘lishi mumkin», – deya falsafa to‘qib, pora tiqishtirishda davom etdi. Gumonlanuvchi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi 1 million so‘m hamda 400 AQSH dollarini safdor Azamat Mamatovga pora tariqasida berayotganida qo‘lga olindi. Qisqasi, pul hamma eshiklarni ochishiga ishongan B.T.ning jinoiy javobgarlikka tortilishi naqd bo‘lib turibdi.
Alijon ABDUSATTOROV,
o‘z muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda