calendar 13 Feb 22:03
eye 313
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi ilk bor oʻtkazilayotgan “Kelajak oʻyinlari”da qatnashadi

image
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bir-biridan qiziqarli yangi sport turlari kashf qilinyapti. Jismoniy va raqamli musobaqalarni birlashtirgan yangi formatdagi mazkur multikompleks Oʻyinlar dunyo sportida yangi davrni boshlab bersa ajab emas. Ushbu kunlar davomida Tatariston poytaxti butun dunyodan tashrif buyurgan sportchi yoshlarning eʼtibor markazida boʻladi.

Bahslar 21 ta innovatsion yoʻnalish boʻyicha (16 ta asosiy va 5 ta kengaytirilgan dastur) oʻtkaziladi. Ularning har biri 'fijital' (jismoniy va raqamli) tushunchasini ifodalaydi, yaʼni jismoniy harakat va kibersportni birlashtiradi. Gʻolib sportchilarning har ikki dasturdagi natijalarining yigʻindisiga koʻra aniqlanadi.

Taʼkidlash joiz, ushbu xalqaro musobaqada mamlakatimiz sharafini virtual velosport, sport dasturlash, fijital-xokkey va fijital-poyga kabi 4 ta sport turidagi vakillarimiz himoya qilishadi.

Sportchilarimiz mazkur bellashuvlarga tayyorgarlikni turli mamlakatlarda olib bormoqda. Jumladan, xokkeychilarimiz Rossiyada, velosportchilarimiz esa Turkiyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazyapti.

Musobaqada birinchi boʻlib ishtirokini boshlaydigan fijital-xokkey jamoamiz 14-fevral kuni Qozonga yetib boradi. Delegatsiyaning asosiy qismi esa 20-fevral sanasida Tataristonga tashrif buyurib, 21-fevralga belgilangan ochilish marosimida qatnashadi. Nisbatan keyinroq bahslarga kirishadigan fijital-velosport jamoamiz 22-fevral kuni Turkiyadan toʻgʻri Qozon shahriga uchib keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
45
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.

22 Mar 08:55
 
58
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

04 Apr 16:20
 
35
0
xs.uz

Yunon-rum kurashi: medallar bor, biroq bu yetarli emas

Musobaqaning so'nggi ikki kunida erkin kurash bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo'nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi.Shu tariqa, musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.

04 Apr 16:20
 
39
0
xs.uz

Hamyurtlarimiz yilning eng kuchlilari safida

Ahamiyatlisi, figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi 'Eng yaxshi debyutant' nominatsiyasida g'olib bo'ldi.Ta'kidlash joizki, hamyurtlarimiz joriy mavsum ilk bor kattalar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etdi. Shunday bo'lsa-da, ular 'Xarbin ' 2025' qishki Osiyo o'yinlarida oltin, Kanada Gran-prisida kumush medallarga sazovor bo'lishdi.Qolaversa, Boston shahrida o'tgan jahon chempionatida kuchli o'nlikdan joy olib, 'M