Buxoroda barpo etilayotgan 2 ta shamol elektr stansiyasi uchun 73 ta turbina oʻrnatib boʻlindi
Har bir turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metrni tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu yirik loyihalar doirasida jami 158 ta mana shunday shamol turbinalari oʻrnatiladi.
Mazkur elektr stansiyalarining dastlabki 400 MVt quvvati 2024-yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.
Stansiyalar toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 3 mlrd 600 mln kVthtml5-dom-document-internal-entity1-middot-endsoat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1 mlrd 100 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1 mln 500 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Shuningdek, ushbu loyihalar doirasida uzunligi 260 kilometr boʻlgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash uskunalari quriladi.
Mazkur elektr uzatish tarmoqlari energetika tizimining shimoli-gʻarbiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) hamda janubi-gʻarbiy (Buxoro va Navoiy viloyatlari) qismlarining bogʻlanishini mustahkamlaydi.
Eslatib oʻtamiz, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ham 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilyapti va uning ishga tushirilgan dastlabki quvvatlari hozirgi kunda 'yashil' energiya ishlab chiqarmoqda.
Oʻzbekistondagi tijorat banklarining jami aktivlari miqdori 690 trln soʻmdan oshdi
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-iyul holatiga Oʻzbekistondagi 35 ta tijorat bankining jami aktivlari 690,4 trillion soʻmni tashkil etgan. Yil boshida bu koʻrsatkich 652,1 trillion soʻm, oʻtgan 2023-yil iyulida 576,6 trillion soʻm boʻlgan. Joriy oy avvalida 12 ta bank aktivlari 3 trillion soʻmgacha, 7 tasiniki 3 trillion soʻmdan 10 trillion soʻmgacha, 9 tasiniki 10 trillion soʻmdan 30 trillion soʻmgacha boʻlgan. Eng yirik 7 ta bank aktivlari (har birining aktivi 30 trillion soʻmdan
“UzAirways” mustaqillik bayramiga chegirmalar eʼlon qildi
'Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentyabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflaridan 30% chegirma taqdim etamiz', deyiladi xabarda.Chegirmali aviachiptalarni 6-avgustdan 3-sentyabrgacha booking.uzairways.com sayti, ilovasi, 'Uzbekistan Airways Sales' filiallari va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.Kompaniyaning bildirishicha, yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va toʻ
Restoran va kafelarga QQSning 40 foizgacha qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi. Bu haqda 20-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.Muloqotda prezident umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona xizmatlarining eng katta muammosi QQS va ishchilar hisobini yuritish ekanidan xabardorligini taʼkidlagan. 'Shu bois, 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkor
“BUXORO TAJRIBASI”NING “MAHALLABAY” MUHOKAMASI
Buxoro viloyatida mahallalarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan keng muhokama qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” yaratildi. Navbatdagi “mahallabay” muhokama G‘ijduvon tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi. Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan muhokamada viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori U.Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik I.Tursunov boshchilig