calendar 13 Feb 22:03
eye 188
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qishloq xoʻjaligida unumdorlik va manfaatdorlikni oshirish choralari belgilandi

image
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi ham miqdor, ham samaradorlik jihatidan rivojlanmoqda. Klaster tizimi orqali yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib kelmoqda.

2023-yilda sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga oʻsib, 426 trillion soʻmni tashkil qilgan. Eksport esa qariyb 2 milliard dollarga yetgan. 152 ming gektar bogʻ va tokzorlar barpo etilib, 185 ming tonna meva-sabzavot, 31 ming tonna goʻsht va 485 ming tonna sutni qayta ishlash quvvatlari ishga tushirilgan.

Yaqin tariximizda ilk bor paxtadan 3 million 700 ming tonna, gʻalladan 8 million tonna hosil olindi. Ularning hisobini yuritish va mahsulotni sotish tizimi toʻliq raqamlashtirildi.

Yigʻilishda asosiy eʼtibor qishloq xoʻjaligida unumdorlikni oshirish, tannarxni kamaytirish, suvni tejashga qaratilib, galdagi vazifalar belgilandi.

Prezidentimiz yer va suv resurslari cheklangan sharoitda yangicha ishlab, mahsulotni koʻpaytirish, sohaga sanoat muhitini olib kirish zarurligini taʼkidladi.

Masalan, yurtimizda bir gektar maydondan olinadigan oʻrtacha hosil ilgʻor mamlakatlardagiga qaraganda kam. Lekin oʻgʻit ham, yoqilgʻi ham, suv ham 2 karra koʻp ishlatiladi. Shu bois xorijdan serunum chigit va urugʻlar olib kelib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga oʻqitib, hosildorlikni paxtada 50 sentner, gʻallada 100 sentnerga yetkazish mumkinligi aytildi.

Davlatimiz rahbari fermerlarning manfaatdorligi masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Bugungi kunda, yangi tartib asosida, paxta xomashyosi birja orqali sotilmoqda. Nyu-York birjasida paxta narxi oshmoqda. Gʻallachilikda ham bozor munosabatlari hisobiga fermerlarning daromadi 2 baravar ortgan.

' Agar dehqon va fermerni iqtisodiy manfaatdor qilsak, ular davlat mablagʻisiz ham ishlay oladigan vaqtlar keladi. Mening maqsadim shu, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manfaatdorlikni yanada oshirish uchun bu yil, paxtachilikda boʻlgani kabi, gʻalla yetishtirishda ham imtiyozli kreditni toʻgʻridan-toʻgʻri fermerga berish tizimi joriy qilinadi. Bundan tashqari, davlat resursi uchun xarid qilingan bugʻdoyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati ham toʻliq byudjetdan qoplanadi.

Fermer xoʻjaliklarining barqarorligida xarajat kamligi ham muhim. Shuning uchun mineral oʻgʻitlar tannarxini bu yil 15 foizga kamaytirish, ularni birjaga yetarlicha chiqarish, yana 70 ta tumanda oʻgʻit omborlari tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mineral oʻgʻit sifati va ustamasi alohida nazoratga olinadi. Fermerlarga oʻz hisobidan oʻgʻit sotib olish boʻyicha qulaylik yaratiladi. Joylardagi omborlardan mineral oʻgʻitni tashish uchun transportni logistika portalida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi.

Suv yoʻqotilishini kamaytirish maqsadida bu yil 75 ta yirik kanalni betonlashga byudjetdan 680 milliard soʻm ajratilgan. Suv tejovchi texnologiyalar uchun 3-yil imtiyozli davr bilan 5-yilga 14 foizli kredit berish yoʻlga qoʻyilgan. Yigʻilishda bu borada hududlardagi ishlar tahlil qilinib, sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi.

Sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi. Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali toʻliq toʻlanmagan.

Endi yangi tizimga koʻra, oldingi qarzini 1-aprelgacha toʻliq toʻlamagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi. Maʼlumotni elektron platformaga kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit koʻpi bilan uch kun ichida ajratilishi shart etib belgilandi.

Yigʻilishda meva-sabzavot yetishtirish hamda eksporti hajmini oshirish choralari ham koʻrib chiqildi.

Buning uchun, avval ajratilgan 200 ming gektarga qoʻshimcha, yana 60 ming gektar yer aholiga tarqatib beriladi. Shuningdek, tomorqalarda kooperatsiya asosida mahsulot yetishtirish qoʻllab-quvvatlanadi. Bu maqsadlarga 100 million soʻmgacha garovsiz, 150 million soʻmgacha garov taʼminoti pasaytirilgan holda imtiyozli kreditlar taqdim etiladi. Fermer va dehqonlarga zarur texnikalar 'Oʻzagrolizing' aksiyadorlik jamiyati tomonidan 10-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Chetdan olib kelinadigan motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3-yilga uzaytiriladi.

Soʻnggi yillarda yurtimizda issiqxona maydonlari, ularda yetishtirilgan mahsulotlar hajmi 3 barobarga koʻpaygan. Bugungi kunda yoqilgʻisiz isitiladigan issiqxonalar barpo qilish ommalashib borayapti.

Prezident bu tajribani maʼqullab, ularni koʻpaytirish, dehqonlarga tayyor holda qurib berish zarurligini taʼkidladi. Buning uchun 'Oilaviy tadbirkorlik' dasturi doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.

Qishloq xoʻjaligiga investitsiyalar ham faol jalb etilmoqda. Joriy yilda 655 million dollar xorijiy sarmoyani oʻzlashtirish rejalashtirilgan. Loyihalarda bozorga sarxil mahsulotlar yetkazib berish, oziq-ovqat inflyatsiyasini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, import oʻrnini bosuvchi 25 turdagi oziq-ovqat boʻyicha 342 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Buni davom ettirib, yangi loyihalar ishlab chiqish, xalqaro brendlarni jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Jahon banki mablagʻlari hisobidan yangi loyihalar uchun 10-yil muddatga, aylanma mablagʻ uchun 2-yil muddatga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi. Mashhur brendlar buyurtmalarini korxonalarga joylashtiradigan sorsing kompaniyalarni jalb qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bunda har bir brendga 500 million soʻmgacha subsidiya beriladi.

Endilikda soʻmda eksport qilgan tadbirkorlarga ham qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilishi maʼlum qilindi.

Yigʻilishda chorvachilik, ipakchilik va baliqchilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash choralari ham belgilandi.

Xususan, chorva kompleksi tashkil qilish, qoramol olish, omuxta-yem chiqarish uchun milliy valyutada 17 foizdan 3-yil imtiyozli davr bilan 10-yilga kredit beriladi. Chorva xoʻjaliklarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlashga ham 1 trillion soʻm imtiyozli kredit yoʻnaltiriladi. Uning 18 foizdan oshgan qismi Tadbirkorlik jamgʻarmasidan qoplab beriladi.

Pillani Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi, oʻrma tutzorlar barpo etiladi. Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urugʻlik stansiyasi ishga tushiriladi.

Tarmoqda moddiy manfaatdorlikni oshirish uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga oʻtiladi. Bu yil birinchi bosqichda pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad soligʻidan ozod qilinadi. Ikkinchi bosqichda, 2025-yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga muayyan tuman va fermerlar biriktirilishidan voz kechiladi. Pilla fermer bilan klaster oʻrtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.

Daryo boʻylarida va xonadonlarda havzalar oʻrnatib, baliq yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha ham vazifalar koʻrsatib oʻtildiYigʻilishda muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddilarning hisobot va rejalari eshitildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 22:03
 
12
0
xs.uz

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobarga oshgan.Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.Parvozlarni boshqarish va yo

08 Sep 16:44
 
10
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m

08 Sep 16:44
 
10
0
xs.uz

Diqqat: bir saylovchiga boshqalar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyganlar javobgarlikka tortiladi

Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Ushbu qoʻshimchalar orasida bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik ham bor.Maʼlum boʻlishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) by

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Mamlakatimiz uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro‘yxati tasdiqlandi va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida O'zbekiston uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi. Ta'kidlanganidek, so'nggi 4 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalariga oid xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilingan.' Ular orasida 2020 yil 2 iyundagi 'O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rn