calendar 13 Feb 22:03
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisidan fotoreportaj

image
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi, shuningdek, intellektual mulk muhofazasini kuchaytirish, Hukumat vakolatlarini kengaytirish hamda aʼzolari masʼuliyatini oshirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

Majlisda deputatlar quyi palata huzuridagi Yoshlar parlamentining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini ham eshitdilar.



Oʻtgan davr mobaynida Yoshlar parlamenti tomonidan yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etish hamda qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib qilish masalalariga ham alohida eʼtibor berilgan. 2023-yilda Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilgan qonun loyihalaridan 21 tasi yuzasidan 455 ta taklif tayyorlangan.

2023-yilda xorijdagi yoshlar, chet el davlatlarining qonun chiqaruvchi organlari huzuridagi Yoshlar parlamentlari bilan ham hamkorlik koʻlami sezilarli darajada kengaygan.



Majlisda deputatlar Yoshlar parlamentining hisobot davridagi faoliyatini ijobiy baholash bilan birga, kelgusi faoliyatida eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan ayrim masalalarga alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Qizgʻin munozaralar davomida Yoshlar parlamenti aʼzolarini Qonunchilik palatasi faoliyatiga yanada kengroq jalb qilish, qoʻmitalar tomonidan oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlarida ularning faol ishtirokini taʼminlash, shuningdek, 'Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili'da tuzilmaning ishini samarali tashkil etish va jonlantirish boʻyicha zarur taklif va tavsiyalar berildi.



Majlisda Yoshlar parlamentining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.

Deputatlar tomonidan 'Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida'gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.



Mazkur qonun loyihasi bilan Bosh vazir oʻzining oʻrinbosarlari va vazirlar bilan birgalikda har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasi bajarilishi boʻyicha hisobot taqdim etishi koʻzda tutilmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Hukumatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari kengaytirilmoqda.



Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bir qator aniqlashtiruvchi savollar va takliflar oʻrtaga tashlandi. Qonun tashabbuskorlari berilgan barcha savollar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib oʻtdilar.

Qonun loyihasining qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil etishning sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, Hukumat aʼzolarining biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish, Vazirlar Mahkamasining tarmoq va sohalardagi vakolatlari aniq belgilab berilgan holda, uning ushbu sohalarni rivojlantirish boʻyicha javobgarligi kuchaytirilishiga xizmat qiladi.



Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Intellektual mulk himoyasi kuchaytiriladi. Majlisda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ham obdon muhokama qilindi.



Mamlakatimizda keyingi yillarda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish borasida muayyan ishlar qilindi. Biroq mazkur sohadagi huquqbuzarliklar soni yillar kesimida ortib borayotgani, huquqni qoʻllash amaliyoti tahlillari bu turdagi huquqbuzarliklarga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash yetarli samara bermayotganini, tayinlanayotgan jarimalar bevosita davlat foydasiga undirilganligi bois huquq egalarida hech qanday manfaatdorlik yoʻqligini koʻrsatmoqda.

Shu jihatdan, bu jarayonlarga birinchi navbatda huquq egasining manfaatdorligini oshirishga qaratilgan yangi tartiblarni joriy qilish talabi yuzaga kelmoqda.



Ushbu qonun loyihasi bilan taklif qilinayotgan xuddi shunday tovon puli toʻlash mexanizmi 'Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan boʻlib, amaliyotda oʻz samarasini bermoqda. Masalan, birgina 2022-yilda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalariga jami 1 mlrd. 338 mln. soʻm miqdorida tovon pullari undirib berilib, intellektual mulk egalarining huquqlari tiklangan.

Shu bilan birga, intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlariga zarar oʻrniga tegishli tartibda tovon toʻlashni talab etish mexanizmi joriy etilayotgani sababli zararni qoplash oʻrniga qoʻllaniladigan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullarini birxillashtirish zarurati vujudga kelmoqda.



Mazkur qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini ishonchli huquqiy himoya qilish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish, tegishli huquqlarni himoya qilishda tomonlarning manfaatdorligini oshirish hamda bu yoʻnalishdagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida yetkazilgan zarar oʻrniga tovon talab qilish tartibini, shuningdek birinchi navbatda huquq egasining manfaatdorligini oshirishga qaratilgan yangi tartiblarni joriy qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

























































Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
19
0
xs.uz

Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan.Bundan tashqari, Oʻz

20 Sep 00:22
 
25
0
xs.uz

Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi

Shavkat Mirziyoyevning 'Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Xabar qilinishicha, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.Qayd etilishicha, ushbu amaliyotni jor

03 Sep 21:35
 
19
0
xs.uz

Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozonib, terma jamoa hisobidagi oltin medallar sonini beshtaga yetkazgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochi Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali suhbatlashdi.Davlat rahbari oʻzi va oʻzbek xalqi nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng aziz, eng ulugʻ bayram ' Mustaqillik kuniga munosib sovgʻa boʻlganini taʼkidladi. Paralimpiyachilarning murosasiz bellashuvlarda koʻ

10 Oct 07:19
 
21
0
xs.uz

10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15