calendar 13 Feb 22:02
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

Havoning ifloslanishida mazutning “aybi” yoʻq — Energetika vazirligi

image
Maqolada 'Tekshiruv davomida korxonada ('Toshkent IES' nazarda tutilmoqda) gaz asosiy yoqilgʻi hisoblangani, shuningdek, qoʻshimcha yoqilgʻi sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan', deya alohida taʼkidlangan va shu bilan Toshkent shahrining havosi yomonlashib, PM-2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdorining keskin oshib ketishi aynan mazkur korxonada mazut yoqilishi tufayli roʻy bergandek taassurot uygʻotilgandi.

Aytish joizki, Toshkent viloyati hamda poytaxt hududida 'Issiqlik elektr stansiyalari' AJga qarashli 11 ta issiqlik elektr stansiyasi va issiqlik markazlari mavjud boʻlib, shundan 6 tasida (Toshkent viloyatida joylashgan 'Toshkent IES', Toshkent shahrida joylashgan 3 ' 5, 9 ' 10 issiqlik markazlari) chindan ham kunning tigʻiz vaqtlarida, tabiiy gaz taʼminotida bosim pasaygan paytda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr hamda issiqlik energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida zaxira yoqilgʻisi sifatida mazutdan foydalaniladi.

Mazut yoqilgʻisining ishlatilishi jarayoni esa qonunchilikda belgilangan tarzda barcha masʼul idoralar, xususan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan ham kelishilgan tartibda yoʻlga qoʻyilgan.

Stansiyada mazut yoqilishi natijasida atmosferaga zararli moddalarning chiqishini kamaytirish maqsadida belgilangan texnik parametrlarga mos keluvchi filtrlar oʻrnatilgan. Kelgusida barcha issiqlik elektr stansiyalariga yoqilgʻidan chiqayotgan zararli moddalarni 95 foizgacha kamaytirib beradigan qoʻshimcha filtrlarni oʻrnatish koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatda stansiyada mazut yoqilishi texnologiyasi hamda undan chiqadigan zararli moddalar hisob-kitoblari keltirilgan. Ushbu hujjat talablariga koʻra, korxonada havoga tashlanayotgan moddalar belgilangan meʼyor talablaridan hech qachon oshmagan.

Xususan, 'Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotgani aniqlandi' sarlavhali maqola eʼlon qilingan 2-fevral kuni yuqoridagi korxonalarda zaxira yoqilgʻisining maksimal sarfi sutkasiga 5 ming 17 tonnani tashkil etgan boʻlib, oʻsha kuni atmosfera havosidagi RM-2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 35,1mkg/m3ni tashkil qilgan. Bu esa JSST tavsiyalaridan 7 barobar yuqori edi.

Bugun soat 16:00 ga qadar yuqorida qayd etilgan korxonalar tomonidan 600 tonna mazut yoqilgan. Ammo shunga qaramay bugun soat 14:10 holatiga koʻra, poytaxt havosidagi PM-2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu 'oʻta zararli' hisoblanadi va JSST tavsiyalaridan 32,4-marta koʻproq.

Ushbu miqdor Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar roʻyxatida 3-oʻringa chiqishini taʼminlab berdi.

Bu esa poytaxt havosining ifloslanishida mazutning zarracha ham hissasi yoʻqligini, issiqlik elektr stansiyalarida ushbu yoqilgʻi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan meʼyoriy talablar asosida yoqilayotganini yana bir karra isbotlaydi.

Atrof-muhitni asrash masalasi esa barchamizning, jumladan, Energetika vazirligi tizim tashkilotlari, issiqlik elektr stansiyalari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada soʻnggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlar hamda tashvishlar bizni ham oʻz ishimizga yanada masʼuliyat bilan munosabatda boʻlishga daʼvat qiladi.

Shuning uchun birgina 'Toshkent IES'da havoga tashlanayotgan moddalar zararini kamaytirish, ekologik muvozanatni saqlash maqsadida 2023-yil davomida 10 mingdan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi. Va bu kabi ishlar bugun barcha yoqilgʻi-energetika korxonalari tomonidan izchil olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
12
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M

11 Jul 15:12
 
27
0
xs.uz

Prezident yangi ochilgan Qoʻqon aeroporti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida 11-iyul kuni Fargʻona viloyatiga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Mamlakatimizda transport infratuzilmasi sohasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Birgina havo yoʻllari tarmogʻida Samarqand, Termiz, Moʻynoq, Zomin aeroportlari yangilanib, ishga tushirildi. Toshkent va Urganch xalqaro havo portlari taʼmirlanmoqda, 'Toshkent-Sharqiy' qayta qurilmoqda.Joriy yil mart oyida Qoʻqon aer

22 Jul 16:05
 
24
0
qalampir.uz

Olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi

O‘zbekistonda 2024 yilning 1-yarmi davomida transportdan foydalanish xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilgan 551 kishi qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki olti oyida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1601 nafar shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Ularning 551 nafariga ozodlikdan

08 Jul 11:33
 
38
0
qalampir.uz

Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet ertaga, 8 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga borib 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bi