calendar 12 Feb 17:12
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyaning navbatdagi sessiyasi doirasidagi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon uchun maslahatlashuvlari Toshkentda oʻtkazildi

image
2024-yil 11-22-mart kunlari AQSHning Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyaning (CSW) 68-sessiyasi boʻlib oʻtadi va ushbu tadbirning asosiy eʼtibori gender tengligikka erishishni tezlashtirish va kambagʻallikni bartaraf etish orqali xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratiladi.

Soʻnggi 5-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish va xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish borasida koʻplab ijobiy natijalarga erishganligini inobatga olgan holda BMTning Ayollar tashkiloti Markaziy Osiyo va Ozarbayjon uchun maslahatlashuvlarni aynan Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha taklifni ilgari surdi.



Mazkur maslahatlashuvlar joriy yilning 12-fevral kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati BMT Ayollar tashkiloti bilan hamkorlikda 'Gender tenglikka erishishni tezlashtirish va kambagʻallikni bartaraf etish, institutlar va genderga oid moliyalashtirishni mustahkamlash orqali barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish' mavzusida oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Ozarbayjon davlatlarining Parlament aʼzolari, fuqarolik jamiyati, yoshlar tashkilotlari va ilmiy doiralar vakillari, gender ekspertlar, BMTning oʻndan ortiq dasturlari, jamgʻarmalari va agentliklari, hamda gender tengligi va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish tarafdori boʻlgan xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.



Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yoʻlladi.

' Bugungi kunda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari xotin-qizlarning huquq, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, zoʻravonlik va kamsitishning oldini olish, shuningdek, qarorlar qabul qilish jarayonlarida ishtirokini taʼminlash borasida ulkan yutuqlarga erishdi.

Mamlakatlarimizda gender tengligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohot va oʻzgarishlar natijasida zarur tajriba va amaliyot toʻplandi, xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotda toʻliq va teng huquqli ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.



Biz davlatlarning barcha jabhalarida ayollar va erkaklar uchun teng sharoitlarni nazarda tutuvchi Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi maqsadlariga erishish sari bosqichma-bosqich bormoqdamiz.

Shu maqsadda Oʻzbekiston xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarni davom ettirish tarafdori ' deya taʼkidladi T. Narbayeva.

Shuningdek, maslahatlashuvlarda mintaqaviy organlar ' BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi, Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollar muloqoti va boshqalar ishtirok etdi.



Maslahatlashuvlar davomida Institutlar va genderga oid moliyalashtirishni mustahkamlash aspektlarini inobatga olgan holda kambagʻallik muammolarini hal qilishda tarmoqlararolikni mujassamlashtirish hamda gender tenglikni va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishni taʼminlash uchun moliyalashtirishdagi uzilishlarni bartaraf etish: gender tengligi siyosati va byudjetlariga taʼsir koʻrsatish uchun salohiyat va makonini kengaytirish kabi mavzularda muhokamalar tashkil etildi.

Shuningdek, haq toʻlanmaydigan parvarish va uy ishlarining nomutanosib yuki bilan kurashish: xizmat koʻrsatish faoliyatiga oʻtish hamda ijtimoiy himoya xizmatlari va tizimlari mavzulariga eʼtibor qaratildi.

Mazkur maslahatlashuvlarni oʻtkazishning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda gender tenglikka erishish borasida mintaqaning salohiyati va imkoniyatlarini baholash, kambagʻallikni bartaraf etishda, ijtimoiy himoya va ishchi kuchi faoliyati borasida ustuvor rivojlanish strategiyalarini belgilashdan iboratdir.

Maslahatlashuvlar yakuni boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqasi (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston) va Ozarbayjonning CSWning 68-sessiyasiga hissa qoʻshadigan va undagi ishtiroki uchun asos boʻladigan keng qamrovli murojaatlar, ilgʻor tajriba va aniq tavsiyalar toʻplamini oʻz ichiga olgan hujjat qabul qilinadi.

























Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
49
0
qalampir.uz

Qirg‘iziston ham Qorabog‘da maktab quradi

Qirg‘iziston tashabbusi bilan Qorabog‘ tizmasining etagida joylashgan Ag‘dam shahrida o‘rta ta’lim maktabi quriladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bugun, 9 aprel kuni Bishkekda ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Uchrashuv davomida Qirg‘izistonning tinchlik va qurilish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiq ekani, Qirg‘iziston tashabbusi bilan Ag‘damning Xidirli qishlog‘ida qurilad

10 May 13:30
 
17
0
qalampir.uz

Diplomat eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qozog‘istonlik ayol vataniga qaytarildi

Avvalroq qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi 10 yildan beri zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng ayol Dubaydan vataniga qaytarildi. Bu haqda “NeMolchiKZ” fondi xabar berdi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Karina Mamashning mamlakatga qaytish parvozini tashkil qilib bergan. Karinaning onasi hozir hammasi yaxshi ekanini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan. B

10 May 21:10
 
38
0
qalampir.uz

Ramzan Qodirovning jiyani “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Rossiya Davlat Dumasiga Chechenistondan saylangan deputat Adam Delimxonov ma’lum qildi.  Uning yozishicha, orden bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Mukofot berilishining aniq sabablari noma’lum. Delimxonov o‘z postida Hamzat Qodirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshidan

10 May 13:30
 
27
0
qalampir.uz

Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirdi

Ukraina Oliy Radasi harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga uzaytirish masalasiga ovoz berdi. Mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovozi bilan har ikki qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida ma’lum qildi. “Rada harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirdi. Harbiy holatni uzaytirish uchun – 339 deputat, safarbarlikni davom ettirish uchun 336 deputat ovoz berdi”, deb yozdi Oliy Rada deputati. Bu h