Toshkent moliya instituti va Fiskal institut bitiruvchi talabalariga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti diplomi beriladi
'Taʼlim ' fan ' innovatsiya ' raqamlashtirish' ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yoʻlga qoʻyish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bunda universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik taʼminot boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 oʻquv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
Universitetda 2024/2025 oʻquv yilidan bakalavriat va magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda oʻqitiladigan guruhlar tashkil etiladi.
Taʼlim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi.
Choʻlponni yod etib...
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.' Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, ' deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andij
Prezident yangi qaror imzoladi
'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni
Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.
Prezident Rossiyadagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning jasadini Vatanga olib kelish boʻyicha topshiriq berdi
Avvalroq Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur YTHda halok boʻlganlarning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.Dastlab hodisa oqibatda sakkiz nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytildi, biroq keyinchalik ulardan yetti nafari Oʻzbekiston fu