calendar 09 Feb 12:31
eye 46
comments 0
comments Manba: postda.uz

«Navoiyning suhbatlari» kitobidan

image

O‘zbek tili turkiy tillar tarkibida shakllangan. Turkiy tillar esa yapon, quriya tillari ham mansub bo‘lgan Oltoy bobo tilining ajralmas qismi bo‘lgan. Bugungi kunda turkiy til zaminida so‘zlashayotgan millatlar soni yigirmadan ortiq. 

Avvalgi zamonlarda, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon, uyg‘ur, qoraqalpoq tillari alohida-alohida millatlar nomi bilan atalmagan. Bu tillar so‘zlashayotgan aholi ham, til ham turk – turkiy deb yuritilgan. Keyinchalik davlatlararo chegaralar keskinlashgandan keyin millatlar ham, yurtlar ham ajralgan. Xususan, o‘zbek tilimiz hatto Alisher Navoiy yashagan davrda turkiy deb yuritilgan. Yigirmanchi asrda O‘zbekiston degan davlat paydo bo‘lgandan so‘ng olimlarimiz Alisher Navoiy ijodiga oid asarlar o‘zbek tilida yozilganini isbotlashdi. Bu qarorga kelishda shoirning turkiyda ko‘p asarlar yozgani holda so‘zlarni qo‘llashi, jumla tuzishda muayyan uslubga amal qilishi; «qaro ko‘zim», «avvalgilarga o‘xshamas», kabi so‘z birikmalaridan foydalanishi aynan o‘zbek tilida amal qilinadigan qoidalar bilan uzviy bog‘liq ekani muhim ahamiyat kasb etdi. Alisher Navoiyning bevosita o‘zbek tilida ijod qilganini uning zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zining «Boburnoma» asarida qayd qilgan. Xususan, Bobur o‘z ona shahri Andijon haqida yozar ekan, aholisini ta'riflab: «Shahr va bozorisida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Ani uchunki, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim, Hirida nash'u namo topubtur, bu til biladur», deydi.

Omonulla MADAYEV.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jun 17:43
 
34
0
postda.uz

XODIMLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA

Bugun IIV Madaniyat saroyida vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokida “Tarix – vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor manbai” mavzusida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan tarixchi Ixtiyor Esonov har bir xalq o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarni amalga oshirishda, avvalo, milliy o‘zligini anglashi, kindik qoni to‘kilgan ona yurtning qadimiy va boy o‘tmishini o‘rganishi hamda ulkan kuch-qudrat manbai bo‘lmish milliy g‘oya

26 Jul 10:19
 
10
0
qalampir.uz

Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov soliqlardan qochib yuribdi

Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov qarzlari sabab  qochib yuribdi. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, bloger Guseyn Gasanovga tegishli bo‘lgan ayrim kompaniyalar davlat oldidagi qarzlari sabab yopilgan. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, soliq idorasining sudga qilgan da’vosidan so‘ng, bloger o‘z majburiyatlaridan bo‘yin tovlab, qochib yuribdi. Bildirilishicha, Gasanovning soliq idoralaridan qariyb 1,7 million dollar qar

11 Jul 15:13
 
21
0
xs.uz

Jizzaxliklar yutadi, deb oʻylagandik…

Jizzaxliklardagi oʻzlariga boʻlgan ishonch bejiz emasdi. Chunki, ular 1866-yilda general Chernyayev boshchiligidagi bosqinchilarni Chinozga qarab chekinishga majbur qilgandi. Shu bois ular yangi bosqinga qarshi hozirlikka zavq-shavq bilan kirishdilar.Oʻziyam, sakkiz oy mobaynida minglab odamlar qalʼa devorlarini deyarli qaytadan mustahkamlash chiqishadi. Devor aslidan uch baravar baland qilib tiklangan, devorlarning qalinligi ham oshirilgan. Kamiga, qalʼa atrofi boʻylab oʻtgan xandaqlar c

22 Jul 17:58
 
33
0
xs.uz

Farrux Zokirovga Ozarbayjon «Xalq artisti» faxriy unvoni berildi

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Farrux Zokirovga 'Xalq artisti' faxriy unvoni berilgan.Maʼlumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 ta ' Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.