calendar 09 Feb 12:05
eye 55
comments 0
comments Manba: xs.uz

Senatorlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan Qonunni maʼqulladi

image
Senatning elliginchi yalpi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda keksalarni va mehnatga layoqatsiz shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, pensiya tayinlash tartib-taomillari soddalashtirilmoqda va raqamlashtirilmoqda, ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilib, pensiya taʼminoti tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati tubdan yaxshilanmoqda.



Shu bilan birga, fuqarolarga pensiya tayinlashda inson omilini kamaytirish, keksalarga, nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish talab etilmoqda.

Ushbu Qonun bilan 'Ijara toʻgʻrisida'gi Qonunga ijarachining nogiron boʻlib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos boʻlishini bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.



Shuningdek, 'Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida'gi Qonunda pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini toʻlash muddatini oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha uzaytirish nazarda tutilmoqda.

Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlari darajasidan oz boʻlmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining oʻsish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi, shuningdek, mahkumlarning ozodlikdan mahrum qilingan davrda amalga oshirgan faoliyati davrini pensiya olish huquqini beradigan faoliyat turi sifatida hisobga olishga doir talab ham belgilanmoqda.



Bundan tashqari, 'Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida'gi Qonunga fuqaroda davlat pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan maʼlumotlar fuqaroning pensiya toʻlovlarini olishi uchun asos boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonun Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat prinsipini amalga oshirishga qaratilgan boʻlib, pensionerlarning moddiy farovonligini yanada yuksaltirishga, fuqarolarning elektron davlat xizmatlarini mustaqil ravishda olish imkoniyatlarini kengaytirishga, pensiya miqdorini qayta hisob-kitob qilishda inflyatsiya darajasini hisobga olish tizimini joriy etishga, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlariga oid huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 19:40
 
13
0
xs.uz

Ilm-fan va tashabbuslar maskani

Ayni kunlarda bu OTMda 56ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda 18ta magstratura mutaxassisliklari bo'yicha bilm olish yo'lga qo'yilgan.Universitetda yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash, yangi ilmiy kashfiyotlar yaratish borasida ham muayyan yutuqlar ko'zga tashlanadi. Tadqiqotchilar 31ta ixtisoslik bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.Universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan Filologiya, Axborot texnologiyalari, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, San'atshunoslik kabi fakul

09 Oct 21:52
 
12
0
xs.uz

Toshkent kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan koʻrsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. 'Toshkentboshpla

24 Aug 17:26
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda 'Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident qarorida belgilandi.Qarorga koʻra, 2025'2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yi

09 Oct 12:39
 
3
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot