calendar 09 Feb 11:40
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Endi BAAda o‘zbek tili ham o‘rgatilishi mumkin

image

Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) yirik kutubxonalar va ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Madaniyat vazirligining Dubaydagi boshqarmasi vakili Anvar G‘olam Muhammad Abdulloh bilan uchrashgan.

O‘zaro muloqot davomida BBAda o‘zbek madaniyati markazlarini ochish, birgalikda madaniy tadbirlar tashkil etish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar BAAdagi yirik kutubxonalar va ta’lim muassasalarida O‘zbekiston bo‘limlarini ochish va kelajakda o‘zbek tilini o‘qitish loyihasini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.

“Uchrashuv yakunida Bosh konsulxona tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining ilmiy markazlari, universitet va yirik kutubxonalari ilmiy bazasini boyitish maqsadida o‘zbek tilidagi adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi ushbu xabarda.

Abdullayev Azizbek


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 12:18
 
56
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik tadbirkor “Ozodlik”ni sudga berdi

O‘zbekistonda gaz resurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev uning kompaniyasi haqida surishtiruv e’lon qilgan “Ozodlik” radiosi va mazkur OAV jurnalistini sudga berdi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Bildirilishicha, mazkur ish fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Tadbirkor raddiya e’lon qilish va 100 ml

02 Jul 14:22
 
116
0
qalampir.uz

Toshkent hokimi deputat bo‘ldi

Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov deputat etib saylandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasida Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov  poytaxtda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Unda Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deput

26 Jul 10:20
 
2
0
qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. “O‘zbekiston bilan Turkmanist

18 Jul 11:58
 
98
0
qalampir.uz

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatida avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.  Voqea 13 iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani M.Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yo‘lining 94-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Midibus SAZ NP 21 rusumli avtomobilida “Payshanba-Kattaqo‘rg‘on shaha