Shahrisabz shahridagi marmar va granitni qayta ishlash zavodi esa 'Kitob marmar zavod' MCHJ tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi yirik loyiha hisoblanadi. Eng zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan ushbu korxonada tabiiy marmarga bir necha bosqichda ishlov berib, uni turli oʻlcham va dizaynlarda bozorga chiqarish imkoniyati mavjud.
' Ushbu loyihani amalga oshirish tashabbusi bilan Shahrisabz shahar hokimligiga murojaat etganimizda, ular loyihamizni qoʻllab-quvvatlab, ishlab chiqarish majmuasini barpo etish uchun belgilangan tartibda yer ajratib berishdi, ' deydi korxona rahbari Oʻtkir Joʻrayev. ' Natijada qisqa muddat ichida ushbu hududda oʻz korxonamizni barpo etdik. 2,5 million dollarga Xitoydan faoliyatimiz uchun zarur boʻlgan, yiliga 300 ming kvadrat metr tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan eng zamonaviy texnologiyalarni olib kelib oʻrnatdik.
Taʼkidlash joiz, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Namangan viloyatlari hamda Qashqadaryo viloyatining Kitob, Dehqonobod tumanlari hududlarida yirik marmar konlari mavjud. Shahrisabz shahrida joylashgan korxonaga ham xomashyo Navoiy viloyati hamda Kitob va Dehqonobod tumanlaridagi marmar konlaridan keltirilib, qayta ishlanmoqda. Tayyor mahsulotning bir qismi ichki bozorga yoʻnaltirilayotgan boʻlsa, qolgani eksportga chiqarilmoqda.
' 'Kitob marmar zavod' MCHJ oʻtgan yilning oktyabr oyidan hozirgi kunga qadar 100 ming dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirdi, ' deydi Shahrisabz shahar hokimining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Jamshid Axmatov. ' Joriy yilda esa eksport koʻrsatkichi kutilganidan ancha yuqori boʻlishi bashorat qilinmoqda. Chunki bu yerda ishlab chiqarilgan marmar va granitga xorijda ham qiziqish oshib borayapti. Misol uchun, yaqinda Qozogʻiston Respublikasiga 1 million dollarlik mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Tadbirkor Oʻtkir Joʻrayevning taʼkidlashicha, u kelajakda korxonaga yana 6,7 million dollarlik investitsiya kiritib, faoliyatni rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu ayni paytda korxonada 60 nafar xodim doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan boʻlsa, faoliyatning kengayishi natijasida yana shuncha ishchi kuchiga ehtiyoj paydo boʻladi, deganidir.
Jahongir BOYMURODOV, 'Xalq soʻzi'.
Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo
Shavkat Mirziyoyev Buxoro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi.Mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning oʻzida Shahrisabz, Qoʻqon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, moderniza
Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi
Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti