calendar 09 Feb 05:00
eye 80
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o'tkazdilar.

Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko'tarilganini alohida ta'kidladi.

Belarus Prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukumatlararo komissiya yig'ilishi, hududlar, rektorlar, tibbiyot xodimlari forumlari muvaffaqiyatli o'tkazildi.

Hukumat rahbarlari, parlamentlar, vazirlik va hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, SHHT doirasidagi siyosiy muloqot va o'zaro qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib oldilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur'ati mamnuniyat bilan qayd etildi. O'tgan yil yakunlariga ko'ra tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi.

Hukumatlar oldiga ushbu ko'rsatkichni yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga yetkazish vazifasi qo'yildi.

Shu maqsadda qo'shma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish, eksport-import yetkazib berishni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari va mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimini joriy qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, tomonlar yuk tashish uchun qulay sharoit yaratish, xalqaro avtomobilda tashuvchilarni tayyorlash, Janubiy Osiyoning katta bozorlariga eltuvchi multimodal koridorlardan samarali foydalanishga kelishib oldilar.

Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Keyingi yillarda qo'shma korxonalar soni 4 barobar ko'paydi.

Muzokaralarda davlat rahbarlari kooperatsiyaning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdilar. Bular ' qishloq xo'jaligi, yengil, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, farmasevtika, shaharsozlik, kommunikatsiyalar va boshqalar. Barcha yo'nalishlar bo'yicha alohida ishchi guruhlarni shakllantirishga kelishib olindi.

Yetakchilar hududlararo almashinuv faollashganini olqishladilar. Kuni kecha o'tgan O'zbekiston va Belarus hududlari ikkinchi forumining samarali natijalari alohida qayd etildi: uning yakunlari bo'yicha qiymati 1 milliard dollardan ziyod shartnoma va bitimlar imzolangan.

Tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy va professional ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi.

Yig'ilishda rasmiy delegatsiyalar a'zolarining hisobotlari, muzokaralar kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq takliflari tinglandi.

Uchrashuvlar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha qo'shma 'yo'l xaritasi'ni tayyorlash va qabul qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi

'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat

31 May 08:49
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

31 May 08:49
 
52
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

31 May 08:49
 
42
0
xs.uz

CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli