calendar 08 Feb 20:50
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi

image

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida o‘ndan ortiq hujjatlar imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko qo‘shma bayonot qabul qilgan. Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan. Shu jumladan:

  •  2024-2025 yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
  •  Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;
  •  Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  •  Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  •  Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
  •  Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  •  Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  •  2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;
  •  2024-2025 yillarda madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;
  •  2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;
  •  2024-2025 yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
  •  2024-2026 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
  •  O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;
  •  2024-2025 yillarda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024 yilda O‘zbekiston va Belarus hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
77
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan

23 Mar 16:43
 
53
0
xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos

04 Apr 16:19
 
56
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli