calendar 08 Feb 18:15
eye 89
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH “Kataib Hizbulloh” yetakchisini yo‘q qildi

image

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangani aytiladigan “Kataib Hizbulloh” guruhi rahbari Abu Bakir as-Sa’diy kecha, 7 fevral kuni Bag‘dodda o‘ldirildi. U va ikki qo‘riqchi Amerika uchuvchisiz samolyoti hujumiga uchragan mashina ichida bo‘lgan. Zarba oqibatida avtomobil ichidagi 3 kishi ham halok bo‘lgan. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.

Pentagon Abu Bakir as-Sa’diy mintaqadagi amerikalik askarlarga hujum uyushtirish uchun javobgar ekanini bildirgan. Qayd etish joizki, AQSH yanvar oyida Iordaniyadagi AQSH bazasiga hujum uyushtirgan va uch nafar amerikalik harbiy xizmatchining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumda Iroqdagi “Kataib Hizbulloh” guruhini ayblagandi.

AQSHning Iroqqa bostirib kirishi ortidan tashkil topgan yarim harbiylashtirilgan “Kataib Hizbulloh” so‘nggi oylarda mintaqadagi AQSH bazalarini o‘qqa tutgan Eronga yaqin asosiy guruhlardan biridir.

Vashingtonga ko‘ra, "Kataib Hizbulloh" Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan chambarchas bog‘liq va xalqaro koalitsiya kuchlariga hujum qilish uchun bir necha bor undan yordam olgan.

Yanvar oyida Iordaniyadagi AQSH bazasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng guruh Iroq rasmiylarini noqulay ahvolga solib qo‘ymaslik uchun Amerika qo‘shinlariga qarshi hujumlarni to‘xtatayotganini aytgandi.

Shunga qaramay, kecha, 7 fevral kuni kechqurun amerikaliklar bu suiqasdni Bag‘dodning Mashtal tumanida amalga oshirdi. Operatsiya gavjum ko‘chada harakatlanayotgan mashinaga aniq zarba berish orqali amalga oshirilgan.

CENTCOM hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:30da sodir bo‘lgani va "mintaqadagi AQSH kuchlariga hujumlarni bevosita rejalashtirish va ishtirok etish uchun javobgar bo‘lgan qo‘mondon" o‘ldirilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Suriya-Iordaniya chegarasi yaqinidagi AQSH harbiy bazasiga qilingan dron hujumi oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan edi. Bunga javoban 2 fevral kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi Suriya va Iroqdagi 85 dan ortiq nishonga zarba bergani, bu havo hujumlari Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli “Al-Quds” maxsus kuchlari va unga aloqador guruhlarga qarshi qaratilganini bildirdi. Prezident Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan AQSH Yaqin Sharqdagi Eronga aloqador kuchlarga yangi zarbalar berish niyatida ekanini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
44
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
35
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

27 Jan 00:54
 
35
0
xs.uz

Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di