Fargʻona tumanida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish darajasi yuksalmoqda
' Birgina oʻtgan yilning ikkinchi yarmida tumanda 50 nafarga yaqin fuqaroga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi hamda 25 turdagi protez-ortopediya mahsulotlari yetkazildi, ' deydi Fargʻona tumani 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Umidjon Yoʻldoshev. ' Shuningdek, joriy yilning yanvar oyida 5 nafar fuqaro elektr bilan harakatlanadigan aravacha, eshitish moslamasi va qoʻltiqtayoq bilan taʼminlandi. Markaz tomonidan 87 nafar keksa va nogironligi boʻlgan shaxsga respublikadagi 11 ta sanatoriy va sihatgohlarga hamda 8 nafariga viloyat nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida davolanish uchun yoʻllanma berildi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ikki nafar xotin-qizning bir nafari turmush oʻrtogʻi bilan yarashtirildi, yana biriga himoya orderi olinib Qoʻqon shahar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish namunaviy tumanlararo markaziga joylashtirildi.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha mahallalarda olib borilgan oʻrganish natijasida qonuniy vakilsiz, nazoratsiz qolgan 5 nafar voyaga yetmagan bola aniqlanib, ularga qonuniy vakil biriktirildi.
Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.
Fargʻonada ikki maktab oʻquvchisini 27 ming voltli tok urdi
Qayd etilishicha, holat 17-sentyabr kuni soat 13:00 atrofida Uchkoʻprik tumanidagi Qaqir temiryoʻl bekatida sodir boʻlgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf oʻquvchilari temiryoʻl izlarini belgilanmagan joyidan kesib oʻtib, taqiqlangan hududga kirgan.Soʻngra ular selfi tushishish uchun bekatdagi bugʻdoy tashuvchi vagonning ustiga chiqqan vaqtlarida ehtiyotsizlik oqibatida ulardan ik
Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi. 1-oktyabrdan Oʻzbekiston qonunchiligida yana nimalar oʻzgaradi?
Quyida joriy yilning 1-oktyabr kunidan Oʻzbekiston qonunchiligida qanday oʻzgarishlar kuchga kirishi haqida axborotga ega boʻlishingiz mumkin. Mazkur sharhini Norma.uz portali taqdim etdi.Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladiByudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, 'Muruvvat' internat uylari, Bolalar uylari va 'Mehribonlik' uylari, bolalar sanatoriy
Samarqandda “Nexia” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi
Qayd etilishicha, hodisa yilning 27-oktyabr kuni tongda roʻy bergan. Haydovchi 'Nexia' mashinasi bilan Jomboy tumani Gʻazira mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda ketayotib, oʻzi tomonda yoʻl chetida nosoz holda toʻxtab turgan 'Kamaz' yuk mashinasining old oʻng tomoniga urilgan.Oqibatda 'Nexia' haydovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.Taʼkidlanishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida
Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay