calendar 25 Sep 13:14
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada ikki maktab oʻquvchisini 27 ming voltli tok urdi

image
Qayd etilishicha, holat 17-sentyabr kuni soat 13:00 atrofida Uchkoʻprik tumanidagi Qaqir temiryoʻl bekatida sodir boʻlgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf oʻquvchilari temiryoʻl izlarini belgilanmagan joyidan kesib oʻtib, taqiqlangan hududga kirgan.

Soʻngra ular selfi tushishish uchun bekatdagi bugʻdoy tashuvchi vagonning ustiga chiqqan vaqtlarida ehtiyotsizlik oqibatida ulardan ikki nafarini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

'Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan. Ulardan biri jonlantirish boʻlimiga oʻtkazilgan, tanasining 65 foiz kuygani aytilmoqda. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va oʻng oyoq son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam koʻrsatilgan va yashash joyiga davolanishga oʻtkazilgan', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
24
0
xs.uz

Jizzaxda soxta bankirga ishongan ayol 20 mln soʻmga chuv tushdi

Jizzaxda oʻzganing nomiga 20 million soʻm onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi M.S. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.Manbaga koʻra

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga oshirmoqchi

Uchrashuvda Afg'oniston tomonidan bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul Gʻani Barodar, bosh vazirning ma'muriy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy ishtirok etdi.''O'zbekiston birinchilardan bo'lib Afg'onistonning muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va o'zaro maqbul muloqotni yo'lga qo'ygan.Uchrashuvlarda shu tamoyillar asosida Afg'oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energeti

14 Aug 06:37
 
28
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik

14 Aug 06:37
 
25
0
xs.uz

Davlat jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlashi mumkin – Qonun loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida majlisida 'Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda atroflicha muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash tizimi bilan barcha tijorat banklari qamrab olinmagani bois jismoniy shaxslar boʻlgan koʻplab mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi Xalq banki omonatlarni kafolatlash tizimida i