calendar 29 Oct 20:48
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

image
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay qayta qurildi.

Zamonaviy koʻprikning uzunligi 42, eni 7 metrga teng, ikki yonida piyodalar yoʻlakchasi ham bor. Pudratchi tashkilot ' 'Cone stru projek invest' masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari obyektni roppa-rosa 70 kunda bitkazib berdi. Uni barpo etish uchun davlat byudjetidan 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.



' Yoʻl, koʻprik qurish xalqimizda eng savob va ezgu ishlardan hisoblanadi, ' deydi 'Qoraqoʻrgʻon' mahalla fuqarolar yigʻini raisi Meliqoʻzi Toʻxtayev. ' Mustahkam koʻprik nafaqat bizning mahallamiz, balki yon-atrofdagi Qala, Beruniy, Vatanparvar aholi punktlari ahlining mushkulini ham oson qildi.

Mahalla raisining aytganicha bor. Keng va ravon koʻprikdan qatnayotganlar borki, uni bunyod etganlarga minnatdorlik bildirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
38
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

29 Oct 20:49
 
24
0
xs.uz

Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''

09 Oct 12:39
 
42
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

29 Oct 20:48
 
22
0
xs.uz

Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu m