calendar 07 Feb 16:38
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Termizda bemorlar uchun ajratilgan pullarni “yeb yuborgan” bosh hisobchi aniqlandi

image

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bosh hisobchi davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun ajratilgan yordam pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi M.T. va boshqalar 2021-2022 yillar mobaynida fond huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun 48 nafar fuqaroga yordam pullari berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 499,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:20
 
47
0
xs.uz

Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi

'Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida 'Alisher Navoiy yili'ni yuqori darajada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qarori [PQ-43-son, 07.02.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi. Qarorga koʻra, Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil 'Alisher Navoiy yili' deb nomlanadi. Allomaning ijodiy

19 Feb 00:20
 
36
0
xs.uz

“O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati ustalari ensiklopediyasi” yaratiladi

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent arxitektura va qurilish universiteti, O'zbekiston fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.Ayni kunlarda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilgan bo'lib, ensiklopediyani'yaratish yuzasidan ish olib bormoqda.Ensiklopediyadan o'zbek milliy amaliy san'ati ustalari faoliyatini ommalashtirish, targ'ib etish va uni yanada keng ommaga yetkazish maqsadida tuzilmoqda.

26 Feb 17:05
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning barcha yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.Davlat rahbarlari keyingi yillarda koʻp qirrali hamkorlik jadal ri

19 Feb 00:20
 
43
0
xs.uz

Samarqandda “Gentra” ikki piyodani urib ketdi

Samarqand viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangan 'Gentra' yoʻl chetida turgan ikki piyodani urib yubordi. Holat boʻyicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl xavfsizligi xizmati'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea kecha, 17-fevral kuni taxminan soat 14:10 da viloyatning 'Buxoriy' mahallasi hududidan oʻtuvchi Nurpoya koʻchasida yuz bergan.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan koʻrinadiki, yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, s