calendar 07 Feb 05:01
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

NATOning Polshada oʻtkaziladigan harbiy mashgʻulotlarida 20 ming nafarga yaqin askar qatnashadi

image
Polshada oʻtkaziladigan NATOning 'Dragon-2024' oʻquv mashgʻulotlarida 20 mingga yaqin askar va 3,5 ming dona texnika ishtirok etadi. Bu haqda Polsha Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlum qildi.

'Dragon-24' mashgʻulotlari 25-fevralda boshlanadi. Unda Polsha va ittifoqdosh davlatlardan 20 ming nafarga yaqin askar, 3,5 ming birlik texnika ishtirok etadi', ' deyiladi xabarda. Harbiylarning taʼkidlashicha, 'Dragon-2024'da Polsha Qurolli kuchlarining potensial koʻp qirrali qurolli inqirozga javob berish qobiliyati sinab koʻriladi.

Mashgʻulotlarda ishtirok etadigan asosiy kuchlar 11-Lubush zirhli diviziyasi boʻladi, biroq maxsus kuchlar, havo kuchlari, dengiz floti va hududiy mudofaa askarlari ham ishtirok etadi. Mashq rejasi ikki bosqichga boʻlinadi: birinchisi ' inqirozli vaziyatdagi harakatlar, ikkinchisi ' mudofaa operatsiyasi.

Avvalroq, NATO harbiy qoʻmitasi rahbari Rob Bauer 'RAR' agentligiga bergan intervyusida NATO 2024-yilda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar davomida sharqiy qanotda Rossiyaning ehtimoliy 'bosqini'ga javob choralarini ishlab chiqishini maʼlum qilgan edi.

Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin avvalroq 'RIA Novosti' agentligiga bergan intervyusida taʼkidlashicha, Rossiyaning NATOga hujum qilish rejalari haqidagi bayonotlar Gʻarbning Rossiyaga qarshi hozirgi gibrid tajovuzini oqlash uchun axborot urushidir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
58
0
xs.uz

Zelenskiy Gʻarbni havo hujumidan mudofaa tizimlarini koʻproq yetkazib berishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkovni havo hujumlaridan himoya qilish bilan bogʻliq qiyin vaziyatni tan oldi va Gʻarbni havo hujumidan mudofaa tizimlarini koʻproq yetkazib berishga chaqirdi.'Ukrainadagi havo hujumidan mudofaa tizimlari yetarli emasligi aniq ' va bu bizning barcha hamkorlarimiz uchun ayon. Biz Xarkovni havoda koʻproq himoya qilish imkoniyatlarini qidirmoqdamiz', dedi u.Avvalroq, Ukrainaning DTEK energetika xoldingi bosh direktori Maksim Timchenko Ukrainaning havo mud

11 May 17:52
 
28
0
qalampir.uz

Ukraina-Rossiya koridori muhojirlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi – XMT

Ukraina-Rossiya koridori muhojirlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) tomonidan taqdim etilgan hisobotda aytiladi. Hisobotda keltirilishicha, Ukrainadan Rossiyaga olib boruvchi migratsiya koridori muhojirlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. Birinchi o‘rinni Meksika-AQSH, ikkinchi o‘rinni Suriya-Turkiya yo‘nalishi egallagan. Beshinchi o‘rinda Rossiya-Ukraina migratsiya koridori turadi. Mehnat muhojirlar

11 May 18:55
 
29
0
qalampir.uz

Quvayt Amiri parlamentni tarqatib yubordi

Quvaytda parlament saylovlaridan bir yarim oy o‘tib, Amir Shayx Mish’al al Ahmad al-Jobir as-Saboh parlamentni tarqatib yubordi va konstitutsiyaning bir qator moddalarini to‘rt yil muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Amir davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan xalqqa murojaatida ma’lum qildi. “Bu vaqt ichida mamlakatda demokratik jarayonning barcha jihatlari ko‘rib chiqiladi”, degan al-Jobir as-Saboh. Shuningdek, u demokratiyadan davlatni yo‘q qilish

10 May 13:30
 
13
0
qalampir.uz

“Krokus”dagi terakt Tojikiston imijiga jiddiy putur yetkazdi – Rahmon (video)

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Krokus Siti Holl”da sodir bo‘lgan terakt o‘z mamlakati obro‘siga jiddiy putur yetkazganini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 may kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan suhbatda so‘z ochdi. Uning fikricha, terrorizmga qarshi hamma joyda birgalikda kurashish kerak. “Ikki mamlakat razvedka xizmatlari o‘tgan yillarda yaxshi ishlagan, ammo afsuski, “Krokus Siti Holl”da fojia yuz berdi”, deydi Prezident. Rahmo