calendar 06 Feb 21:30
eye 120
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yangi Angren IES ham ekologiyaga zarar keltirgani uchun jarimaga tortildi

image

Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi joylashgan hudud mutaxassislar tomonidan tekshirildi va atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekani aniqlandi. IES esa 1 mlrd 3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

IES hududida viloyat Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tekshirish ishlari olib borilganda chang gaz tozalash uskunalari (filtrlari) samaradorligi 80 foizga tushib ketgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasiga atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirganligi uchun 887 mln, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganligi uchun 116 mln, jami 1 mlrd 3 mln so‘m kompensatsiya to‘lovlari hisoblangan.

“11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat yo‘llandi. Shuningdek, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish bo‘yicha chang gaz tozalash uskunalari ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotganligi aniqlangan va IES atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd 23 mln so‘m (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida jarimaga tortilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
146
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ

13 Jun 00:38
 
41
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim

18 Jun 21:55
 
183
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toʻqayevga samimiy qabul va 'Markaziy Osiyo ' Xitoy' ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.Sizning 'Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻzaro hurmat, o

13 Jun 00:38
 
24
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar