calendar 06 Feb 12:27
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putinga aniq signal yuborish kerak: uning rejasi ish bermaydi – Shols

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga harbiy yordamni kamaytirmaslikka chaqirdi. Bu haqda u kecha, 5 fevral kuni Berlinda Fransiya Bosh vaziri Gabriel Attal bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar Rossiya Prezidentining bu muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, degan umidini yo‘qqa chiqarish uchun ham (Ukrainaga) katta yordam yuborishi kerak deb hisoblayman”, deydi Shols.

Germaniya kanslerining aytishicha, Vladimir Putin qachonlardir G‘arb mamlakatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishiga umid qilmoqda.

"Unga Qo‘shma Shtatlar va Yevropadan aniq xabar yuborish kerak: bu reja ish  bermaydi. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz", deb takidlaydi Olaf Shols.

O‘z navbatida, Gabriel Attal Fransiya Ukrainaga yordam dasturini kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, gap nafaqat moliyaviy yordam, balki qurol-yarog‘ haqida ham ketmoqda. Shu bilan birga, Attal yetkazib berilayotgan qurollarning sifati ham muhim ekanini aytdi.

“Ular (qurollar) ukrainaliklar o‘zlarini himoya qilishi uchun zarur bo‘lgan eng yuqori standartlarga javob berishi kerak”, deydi Bosh vazir.

Attal Fransiya Ukrainaga SCALP qanotli raketalarini yetkazib berganini eslatdi. Biroq, Shols hali ham Kiyevga kuchliroq nemis TAURUS raketalarini topshirishdan bosh tortmoqda.

Qayd etish joizki, Germaniya Ukrainaga Rossiyaning bosqini boshlanganidan beri ko‘rsatilgan yordam miqdori bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda. 2022 yil 24 fevraldan beri Berlin Kiyevga 6 milliard yevroga yaqin harbiy yordam bergan. Xususan, Germaniya Ukrainaga Leopard tanklari, IRIS-T SLM havo mudofaa tizimlari va ular uchun raketalarni yetkazib berdi.

Bundan tashqari, Germaniya hukumati 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordam miqdorini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Buning sharofati bilan Germaniya mudofaa xarajatlarini YAIMning 2,1 foizigacha oshiradi va shu tariqa NATO talabini qondiradi.

Biroq, Germaniyada Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi TAURUS raketalari bilan ta’minlash imkoniyati bo‘yicha bahslar davom etmoqda. U Bundesverning 500 kilometr masofaga uchadigan eng zamonaviy yuqori aniqlikdagi raketalaridan biri. Bu raketa bunkerlar va ko‘priklarni yo‘q qilish uchun juda samarali vosita hisoblanadi. Ko‘pgina nemis siyosatchilari Kiyevga raketalarni yetkazib berish tarafdori, ammo Olaf Shols bunga rozi emas. Bu TAURUS Rossiya hududida joylashgan nishonlarga ham zarba berishi mumkinligi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniyaning “El Pais” gazetasi Ukrainada urush qancha uzoq davom etsa, Kiyev ittifoqchilari unga yordam qo‘lini cho‘zishlari shunchalik qiyinlashishini yozgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
196
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi tayinlandi

U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh boshqarmasi boshligʻi, elchi Ahmet Jemil Mirogʻluga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.Rasmiylar 21html5-dom-document-internal-entity1-minus-end22-iyun kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qilishgan.Ahmet Jemil Mirogʻlu, oʻz navbatida, yangi elchiga Istanbuldagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi bilan toʻgʻr

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

04 Jun 02:45
 
120
0
xs.uz

Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-

18 Jun 21:56
 
192
0
xs.uz

AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga