calendar 06 Feb 09:56
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rasman: Qirol Charlz III da saraton aniqlandi

image

Britaniya qiroli Charlz III da saraton aniqlandi. U o‘tgan haftada prostata bezi jarrohligi vaqtida tashxis qo‘yilgan saraton kasalligidan davolanishni boshlagan va davlat vazifalarini keyinga qoldiradi, lekin hukumat ishlari bilan shug‘ullanishda davom etadi. Bu haqda Bukingem saroyi ma’lum qildi.  

“Qirol yaqinda prostata bezining kattalashgani sababli tibbiy muolaja uchun shifoxonaga yotqizilganida tashvishlanishning yana bir sababi aniqlandi. Keyingi diagnostika muolajalari saratonning bir shakli mavjudligini tasdiqladi. Bugun Oliy hazratlari rejali davolanishni boshladilar,  uning davomida shifokorlar unga davlat vazifalarini kechiktirishni tavsiya qildi. Bu vaqt ichida Oliy hazratlari davlat ishlari bilan shug‘ullanishda davom etadi va odatdagidek qog‘ozlar bilan ishlaydi”, deyiladi 75 yoshli monarx idorasi bayonotida. 

Tashxis qo‘yilgan saraton turi nomlanmagan. Biroq, Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, bu prostata saratoni emas va qirol ambulatoriya sharoitida davolanadi. Buning uchun u kecha, 5 fevral kuni Angliya sharqidagi Norfolkdagi Sandringem qirollik mulkidan Londonga qaytib keldi. 

“Qirol o‘z shifokorlar jamoasi vaziyatga tezkor munosabatda bo‘lgani uchun minnatdor. Bu [monarxning] yaqinda shifoxonaga yotqizilishi tufayli mumkin bo‘ldi  U ko‘rilayotgan davo choralariga mutlaqo ijobiy munosabatda va tezda o‘z vazifalariga qaytishga umid qilmoqda. Oliy hazratlari mumkin bo‘lgan mish-mishlarning oldini olish uchun o‘z tashxisini oshkor qilishga qaror qildi va bu dunyoning turli mintaqalarida saraton kasalligiga chalinganlarni yaxshiroq tushunishga yordam berishiga ishonmoqda”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.

Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak allaqachon qirolga to‘liq va tez tuzalib ketishini tiladi.  

“Men uning tez orada yana kuchga to‘lishiga shubha qilmayman va butun mamlakat uning sog‘ayib ketishini tilashini bilaman”, deb yozdi hukumat rahbari X (sobiq Twitter) sahifasida. 

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer va Shotlandiya va Uelsning birinchi vazirlari Hamza Yusaf va Mark Dreykford monarxga o‘zlarining eng ezgu tilaklarini izhor qilishdi. 

Monarxning operatsiyasi

29 yanvar kuni Charlz III prostata bezi operatsiyasidan so‘ng shifoxonadan chiqdi. Keyin u salomatligi tiklanishi uchun o‘zining rejalashtirilgan ommaviy tadbirlari rejasini o‘zgartirdi. 

Yanvar o‘rtalarida Charlz III jarrohlik amaliyotiga muhtojligi ma’lum bo‘ldi.  

Karl III taxtga 2022 yil sentyabrda onasi Yelizaveta II (1926-2022) vafotidan so‘ng o‘tirdi. Monarxning toj kiyish marosimi o‘tgan yilning 6 may kuni Londondagi Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tgan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
6
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok

10 Jul 20:07
 
48
0
qalampir.uz

NATO Ukrainaga 40 milliard yevro beradi

NATO 2025 yilda Ukrainaga kamida 40 milliard yevro beradi. Bu haqda bugun , 10 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden NATOning 75 yilligiga bag‘ishlangan  sammitida ma’lum qildi. NATOning 75 yilligiga bag‘ishlangan  sammiti yakuni bo‘yicha quyidagi tashabbuslar qabul qilinishi kutilmoqda:  Kiyevga yordam berish uchun NATOning yangi tuzilmasi NSATU paydo bo‘ladi. U alyans bilan to‘liq operatsion muvofiqlik yo‘lida Ukraina qurolli kuchlarini jihozlash, o‘qitish va

27 Jun 10:36
 
11
0
qalampir.uz

Japarov jiyanining dabdabali “Marry me” marosimi uchun xalqdan uzr so‘radi (video)

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazzat Nurkojoyevaning unashtiruv marosimida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalanilgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda u “Kabar” agentligiga izoh berdi. Gap shundaki, 24 iyun kuni Qirg‘izistondagi Oruu-Say darasida 23 yoshli Lazzat Nurkojoyevaning “Marry me” marosimi bo‘lib o‘tgan. Marosimdan olingan videoni Nurkojoyevaning o‘zi Instagram'dagi sahifasiga j

11 Jul 15:12
 
78
0
xs.uz

Dmitriy Medvedev Ukraina prezidentini “xudosiz masxaraboz” deb atadi

U Zelenskiyning radikal millatchilar bilan aloqalari va Gʻarbning koʻmagi tinchlik muzokaralariga toʻsiq boʻlayotganini tilga olib, sulhning amalga oshishiga shubha bildirgan va Ukraina prezidentini 'xudosiz masxaraboz', deb atagan.Medvedev AQSH rahbariyatidagi oʻzgarish Ukraina elitasini muzokaralar sari undashi mumkinligini taʼkidlab, ammo bu Rossiyaga foyda keltirishiga shubha qildi. Uning aytishicha, Rossiya faqat Ukraina mojaro natijalarini tan olsa va NATOga aʼzolikni rad etsagina m