calendar 06 Feb 05:02
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga sharh

image
Aholining joylardagi dolzarb muammolarini hal etish uchun chinakam 'xalq ovozi' boʻlmish mahalliy Kengashlarga keng vakolatlar berildi, mahalliy Kengashlarga hokim emas, balki deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi belgilab qoʻyildi.

Kuni kecha qabul qilingan Farmon ' mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom maʼnoda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Farmon bilan Oʻzbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model ' 'Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim' tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab berildi.

Birinchidan, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida taʼlim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik, transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga oʻtkazilmoqda. Jumladan:

1) Taʼlim sohasida:

Tegishli hududda davlat bogʻcha va maktablarini tashkil etish boʻyicha qaror aynan mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi.

Endilikda, hududdagi ehtiyojni har tomonlama oʻrgangan holda, qaysi hududda, mahallada yangi maktab yoki bogʻcha tashkil etish kerak, qaysi birini kengaytirish, qaysisini tugatish kerakligini aholi irodasining koʻzgusi boʻlmish xalq vakillari hal etadi.

2) Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi yoki unga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi korxona va inshootlar quriladigan joylar, chiqindilar koʻmib tashlanadigan joylar xalq vakillari roziligi bilan belgilanadi.

Mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, botanika va dendrologiya bogʻlari, tabiat bogʻlari ham faqatgina Kengashlar roziligi bilan tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Yaʼni, bu boradagi qarorlar tegishli hudud aholisi tomonidan saylangan deputatlar fikrini inobatga olgan holda, kollegial tartibda qabul qilinadi.

Mazkur islohot, shubhasiz, umummilliy boyligimiz boʻlmish tabiiy resurslarni asrashga xizmat qiladi.

3) Shaharsozlik va transport sohasida:

Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tariflari mahalliy Kengashlar tomonidan belgilanadi. Fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar Kengash qarori bilan joriy etiladi.

Shuningdek, shahar yoʻlovchi transportida yoʻnalishlarni tashkil etish, yangi yoʻnalishlar ochish, bekatlar, toʻxtab turish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerlari mahalliy Kengash bilan kelishilishi lozimligi belgilanmoqda.

Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga, tabiiy obyektlarga nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar bevosita mahalliy Kengashlar tomonidan kiritiladi.

Bundan tashqari, ayrim toifadagi shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik obyektlar sirasiga kiritish ham mahalliy Kengashlar qarori bilan amalga oshiriladi.

4) Hudud infratuzilmasini rivojlantirish sohasida:

Aholi punktlarining hududiy zonalari toifalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib oʻzgartirish kiritish, ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash kabilar ham Kengashlar tomonidan amalga oshirilishi uzil-kesil hal etilmoqda.

Taʼkidlash joiz, bu kabi vakolatlarning egasi etib mahalliy Kengashlarning belgilanishi jamiyat hayoti uchun muhim boʻlgan masalalarni aholi fikrini inobatga olgan holda xalq vakillari tomonidan hal qilish imkonini beradi.

Ikkinchidan, yillar davomida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanib kelingan qator vakolat va funksiyalar tizimlashtirilmoqda.

Xususan, mahalliy Kengashlarga mahalliy hokimliklar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hisobotlarini eshitishda mazmunan yaqin sohalarda oʻzaro takrorlanuvchi vazifalar yuklanganligi sababli ularni qayta koʻrib chiqish, maqbullashtirish hamda tizimlashtirish zarurati mavjud edi.

Kengashlarning qonunchilikdagi vakolatlari tizimlashtirilmagani natijasida, mahalliy Kengashlar hokimliklar va qator davlat idoralarining u yoki bu sohaga oid hisobot va axborotlarini yiliga qariyb yuzdan ortiq marotaba eshitishi lozim edi. Bu esa, mahalliy Kengashlarning ish yuklamasini sunʼiy ravishda oshirib, joylarda haddan tashqari tartibga solishga sabab boʻlib, muhim vakolatlar nomigagina amalga oshirilishiga sabab boʻlayotgan edi.

Shu bilan birga ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari, ularning tarmoq boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek mahallalardagi profilaktika inspektorlari ham mahalliy Kengashlarga alohida-alohida hisobot berar edi.

Shu sababli, Farmon bilan Kengashlarning hisobot va axborot eshitishga oid ayrim vakolatlari qayta koʻrib chiqilib, ular sohalar boʻyicha tizimlashtirildi.

Farmon bilan Kengashlar oldida tegishli hududda faqatgina hokim, shuningdek hududiy davlat organlarining birinchi rahbarlari hisobdorligi belgilanishi kelgusida ushbu rahbarlarning Kengash oldida ham siyosiy ham professional masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Uchinchidan, 'Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim' tamoyili asosida qonunchilik hujjatlaridagi 100 dan ortiq vakolatlarni mahalliy Kengash va ijroiya hokimiyati oʻrtasida aniq taqsimlash yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida 2024-yilgi saylov yakunlari boʻyicha, dastlab viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida, soʻngra 2026-yildan eʼtiboran tuman (shahar) Kengashlarida Kengash raislari va hokimlar alohida-alohida faoliyat yuritishi belgilandi.

Shu sababli, amaldagi qonunchilik bilan bugunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan umumiy vazifa va funksiyalarning mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq taqsimlanishi belgilanmoqda.

Shunga koʻra, Farmon bilan 'yoʻl xaritasi' tasdiqlandi va manfaatdor vazirlik va idoralarga Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli qonunchilikdagi vakolatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Takliflarni ishlab chiqishda ' jamiyat manfaatlariga bevosita daxl qiluvchi masalalarni hal etishga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining masʼul ekanligi bilan birga, hokimliklarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi tashabbuskorligini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Toʻrtinchidan, Kengashlarning oʻz faoliyatini davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi kafolatlanmoqda.

Xususan, endilikda:

mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanishi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi;

kelgusida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tegishli vazifalarni mahalliy vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida aniq belgilab borish;

amaldagi qonunchilikdagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan va Kengashlar faoliyatiga xos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari masʼul ekanligi belgilanmoqda.

Ushbu yangiliklar, shubhasiz, mahalliy Kengashlarning oʻz faoliyatini faqatgina oʻz saylovchilari va tegishli hudud manfaatini koʻzlagan holda amalga oshirishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Beshinchidan, Kengashlarning samarali faoliyati uchun ular zarur shart-sharoitlar va moddiy-texnika bilan taʼminlanadi.

Xususan, Farmonga muvofiq xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Kengashlarini alohida-alohida bino bilan taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻriladi. Bunda:

birinchi bosqichda (2024-yilning 1-oktyabriga qadar) ' viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini, ikkinchi bosqichda (2025-yil 1-dekabrga qadar) ' tuman va shahar Kengashlarini bino va inshootlar bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻriladi.

Buning uchun, Kengashlar joylashgan bino-inshootlar toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi, xorijiy amaliyotni inobatga olgan holda, mahalliy Kengashlar binolariga va ularni jihozlashga doir minimal talablar ishlab chiqiladi.

Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi Kengashlarni joylardagi aholi manfaatlarini himoya qilish, hal etilishi lozim boʻlgan masalalarga imkon qadar tezroq yechim topish, viloyat, tuman va shahar hokimining mahalliy Kengashlar oldidagi hisobdorligi, masʼuliyati va javobgarligini oshirishga, mahalliy davlat hokimiyati darajasida bir-birini tiyib turuvchi mexanizmlar samarali ishlashiga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:17
 
50
0
xs.uz

Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi

Bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida tormozi ishlamay qolgan yoʻlovchi avtobusi yoʻl chetidagi daraxtga borib urildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, masʼul tuzilmalar xodimlari holatni oʻrgangan. Aniqlanishicha, hodisa avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelgan.Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Hodisa

26 Feb 17:05
 
59
0
xs.uz

Prezident Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha rejalarni koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, ish o'rinlari va investitsiyalarni ko'paytirish bo'yicha 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.Keyingi yillarda Sirdaryoda energetika, qurilish, tadbirkorlik birmuncha rivojlandi. O'tgan yili davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog'ida tomorqachilik va kichik loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi tajriba yaratildi.Lekin tashabbuskorlik kamligi uchun sanoat, s

23 Mar 16:43
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga nechta yengil avtomobil toʻgʻri keladi?

Milliy statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarining dastlabki maʼlumotlari eʼlon qilindi.Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 58 tani tashkil etgan.100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar sonini yillar kesimida hisoblaganda 2010-yilda 21 ta, 2015-yilda 42 ta, 2020-yilda 49 ta hamda 2024-yilda 58 tani tashkil qilgan.Ushbu maʼlumotlardan koʻrish mumkinki, 100 t

22 Mar 08:54
 
39
0
xs.uz

Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj

Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.​​Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.​​​​​Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch