calendar 05 Feb 19:07
eye 135
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod qilindi

image

Bugun, 5 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida 6 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriyning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi va u ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari ma’lum qildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 may kunidagi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya  instansiyasining 2021 yil 15 iyuldagi ajrimi va Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2022 yil 5 apreldagi ajrimi o‘zgartirilib, 6 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga keltirilgan Otabek Sattoriyning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

Shu tariqa sudning ajrimi bilan Otabek Sattoriy 2024 yil fevral oyining 5 kuniga qadar o‘talmay qolgan 2 yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi “v” bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgandi. Unga 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Shuningdek, blogerning qamalishidan so‘ng “Human Rights Watch” xalqaro tashkiloti Sattoriyning qamalishini mamlakatdagi so‘z erkinligiga zarba, deb baholagandi. 

Bundan tashqari, shubhali diniy mazmundagi materiallar saqlagani va uni boshqa shaxslarga tarqatganlikda ayblanib, 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
25
0
xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga

04 Apr 16:19
 
41
0
xs.uz

Sammit doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuv oʻtkazdi

O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko'paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rishi

18 Apr 11:07
 
26
0
xs.uz

Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi

Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057

15 Apr 07:05
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis