calendar 05 Feb 09:48
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi ish boshladi

image

O‘zbekiston Belarusga yangi elchi tayinladi. Minskda 2021 yildan buyon elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarayotgan Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi o‘laroq o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi. 

Rahmatulla Nazarov 2018-2021 yillarda elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o‘rniga tayinlangan. 

U 53 yoshda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida boshlagan. 1997 yilda Tashqi ishlar vazirligiga Shartnoma boshqarmasining attashesi lavozimiga ishga qabul qilingan, keyinroq boshqa bir qator boshqarmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Belgiya va Qirg‘izistondagi elchixonalarda, Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinator sifatida ishlagan. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida, Toshkentdagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo‘lgan hamda Senat a’zosi etib saylangan.

Belarusga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Ma’lumot uchun, Minsk shahridagi elchixona 2018 yilda ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Xatamov Ummon poytaxtiga yetib borgan edi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
34
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

08 Jun 02:26
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ

31 May 08:49
 
42
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.

01 Jun 03:47
 
122
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar