calendar 04 Feb 13:56
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dog‘istonning birinchi xonimi vafot etdi

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Dog‘iston Respublikasi rahbari Sergey Melikovning rafiqasi Galina Melikova uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Moskvada vafot etdi. Bu haqda Dog‘iston rahbari matbuot xizmati 2 fevral kuni ma’lum qildi.

Sergey Melikovga Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida birinchilardan bo‘lib Davlat dumasi deputati Xizri Abakarov hamdardlik bildirgan.

2021 yildan beri Dog‘istonni boshqarib keluvchi general-polkovnik Sergey Melikov respublika rahbari etib tayinlanishidan oldin Stavropol o‘lkasidan senator bo‘lib ishlagan. U bo‘lajak rafiqasi bilan harbiy akademiyada uchrashgan va juftlik 1993 yilda turmush qurgan.

Galina Melikova 1961 yilda Ryazan shahrida tug‘ilgan. U harbiy shifokor, zahiradagi tibbiy xizmat leytenanti bo‘lgan. Sergey uning ikkinchi turmushi bo‘lib, Melikovlar uchrashganda ayol 12 yoshli o‘g‘li Dmitriyni tarbiyalayotgan edi. 2000 yilda ularning Mixail ismli farzandlari dunyoga kelgan. Dmitriy 2007 yil 2 avgustda Dog‘istonning Sergok’ala viloyatida joylashgan Kadirkent qishlog‘i yaqinida jangovar topshiriqni bajarayotib vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida AQSHning 39-prezidenti Jimmi Karterning rafiqasi, AQSHning sobiq birinchi xonimi Rozalin Karter 96 yoshida vafot etgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
18
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a

10 Oct 17:10
 
30
0
xs.uz

AQSH va Fransiya kelishuv yoʻlini qidirmoqda – Livan

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni Isroilning Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 'Hizbulloh' guruhiga qarshi yirik hujumini amalga oshirayotgan va janubdagi Livan tinch aholisini uylariga qaytmaslik haqida ogohlantirayotgan bir paytda Isroilning hujumi Livan janubida besh nafar favqulodda xizmat xodimini oʻldirgan.Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, AQSH va Fransiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini tiklash maqsadida aloqalar olib borilmoqd

09 Oct 12:36
 
24
0
postda.uz

KENGURULAR YURTI POLITSIYASI

Kengurular yurti dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda huquq-tartibotni saqlash uchun politsiya xodimlari, sheriflar, sud ijrochilari va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari mas’ul. Avstraliya politsiyasi 1979-yilda bir qator turdosh idoralarning birlashishi natijasida tashkil topgan. Mamlakatda politsiya ikki darajada ishlaydi: federal va shtat politsiyasi. Shunga ko‘ra, birinchisi federal qonunchilikka, ikkinchisi shtatlar va hududlarda tartib hamda qonunchili

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir