calendar 04 Feb 10:31
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Iroqda milliy motam e’lon qilindi

image

Iroq hukumati tunda AQSH harbiy-havo kuchlarining chegara hududlariga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar xotirasiga butun mamlakat bo‘ylab motam e’lon qildi. Tegishli farmon mamlakat Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy tomonidan imzolandi.

“Bugun, 3 fevral kuni barcha davlat muassasalari va idoralarida Anbar viloyatining chegaradosh Al-Qoim shahri hududida Amerika bombardimonlari qurbonlari bo‘lgan harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillari xotirasiga umumxalq motam e’lon qilindi”, deyiladi hujjatda

“Shafaq News” axborot portali xabariga ko‘ra, AQSH samolyotlari Al-Qoim hududidagi Eronparast qurolli guruhlarning to‘rtta pozitsiyasiga, jumladan, “Al-Hashd ash-Shabiiy” militsiyasi nishonlariga zarbalar bergan. Nishonlardan biri Iroqning Anbar viloyatida bo‘lgan. “Al Hadath” kanaliga ko‘ra, Amerika samolyotlari Suriya va Iroq chegarasidagi taxminan 130 km uzunlikdagi chiziq bo‘ylab zarbalar bergan. Iroq hukumati Amerikaning bombardimon qilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani, 25 kishi yaralanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Markaziy qo‘mondonligi Suriya va Iroidagi 85 dan ortiq nishonga zarba bergani, bu havo hujumlari Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli “Al-Quds” maxsus kuchlari va unga aloqador guruhlarga qarshi qaratilganini bildirgandi. Suriya va Iroq o‘z hududlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan berilgan zarbalarni qoraladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
201
0
xs.uz

Isroildagi legionerlar klublaridan tekinga ketishi mumkin

Yaqin Sharqda, ayniqsa Isroil va Eron oʻrtasidagi harbiy-siyosiy keskinlik kuchaygani sababli, FIFA Isroil klublarida toʻp surayotgan xorijlik futbolchilarga hech qanday tovon toʻlamasdan jamoalarni tark etishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda 'The One' nashri xabar berdi. FIFA bu kabi holatlarda futbolchilarning xavfsizligini ustuvor deb biladi va shunga muvofiq favqulodda choralar koʻrishga tayyor.Ushbu holat yuzasidan amaliy misollar allaqachon paydo boʻlgan. Jumladan, Isroilning 'Xapoel

18 Jun 21:56
 
200
0
xs.uz

Eron AQSH bazalariga hujum qilish uchun raketalarni tayyorlab qoʻydi — OAV

Qayd etilishicha, AQSH allaqachon Yevropaga oʻttizga yaqin tanker samolyotlarini joʻnatgan boʻlib, ulardan Qoʻshma Shtatlar bazalarini himoya qiluvchi qiruvchilarga yordam berish mumkin. Maqolada aytilishicha, ular Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarba berishda ishtirok etuvchi bombardimonchi samolyotlar safini oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin.Avvalroq, 'The Wall Street Journal' AQSH prezidenti Donald Tramp bir qancha variantlarni, jumladan Vashingtonning Eronga ehtimoliy zarbasi

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
131
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori