calendar 04 Feb 05:01
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

YOII Hukumat rahbarlarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

image
Unda Armaniston Respublikasi Bosh vaziri N.Pashinyan, Belarus Respublikasi Bosh vaziri R.Golovchenko, Qozog'iston Respublikasi Bosh vaziri A.Smailov, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi M.Mishustin, Qirg'iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o'rinbosari A.Kasimaliyev ishtirok etdi. Kuba Bosh vaziri M.Krus video murojaat bilan qatnashdi.

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat sifatida o'zaro manfaatli hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.

Hozirgi murakkab sharoitda savdo va hamkorlikda ijobiy dinamika saqlab qolinmoqda.

Ahamiyatlisi, ittifoqda kuzatuvchi maqomini olgan paytdan boshlab O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi YOII mamlakatlari bilan qariyb ikki baravar ortdi (2020-yilda - 9,8 milliard dollar, 2023-yilda - 15,9 milliard dollar).

O'tgan yilning sentyabr oyida Samarqandda bo'lib o'tgan O'zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi qo'shma ishchi guruhining uchinchi yig'ilishida amalga oshirilgan ishlar natijalari atroflicha muhokama qilinib, hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.

Xususan, 2021'2023-yillarga mo'ljallangan Qo'shma harakatlar rejasi to'liq amalga oshirildi, buning natijasida iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun yangi o'sish nuqtalari hamda imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, O'zbekiston YOIIning transchegaraviy tartib-qoidalar va yuklarni multimodal tashishni soddalashtirish, iqlim kun tartibi va elektron tijorat sohasidagi sanoat loyihalariga qo'shildi.

Qolaversa, bir qator qo'shma loyihalar yo'lga qo'yildi. Ustuvor tarmoqlarda zamonaviy savdo-logistika markazlari, maxsus iqtisodiy hamda sanoat zonalari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, hali yechimini topish kerak bo'lgan bir qator masalalar borligi qayd etildi.

O'zaro munosabatlarimizni cheklaydigan bu omillarni kelgusida bartaraf etish lozimligi qayd etildi.

Davom etayotgan global muammolar, ortib borayotgan oziq-ovqat va energiya xavfsizligi xatarlari hamda iqlim o'zgarishi masalalari mamlakatlarimizning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini yaqinroq muvofiqlashtirishni talab qiladi.

Bu muammolarni yengib o'tishda iqtisodiy hamkorlikni keng yo'lga qo'yish, milliy iqtisodiyotlarning raqobatdosh ustunliklari va bir-birini to'ldiruvchi omillaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Shundan kelib chiqib, umumiy sa'y-harakatlarni tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni liberallashtirish, O'zbekiston va YOII davlatlari o'rtasidagi barcha tarif va notarif cheklovlarini olib tashlash hamda to'liq erkin savdo rejimiga o'tish, texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini birlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga qaratish zarurligi bildirildi.

Mazkur sa'y-harakatlar kelgusida Tashkilot doirasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
31
0
xs.uz

2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berildi

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayt etilgan.Poytaxtda yanvar-aprel oylarida 8 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan.Respublikamizning boshqa hududlaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyid

13 May 14:37
 
75
0
xs.uz

Andijonda “Equinox” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon shahrida 'Equinox', tez yordam mashinasi va 'Damas' rusumli transport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar bergan.Qayd etilishicha, hodisa kecha 12-may kuni soat 15:10 larda Andijon shahri Yusuf Otabekov, Mustaqillik va Bobur shohkoʻchalari kesishgan 'Klinika' chorrahasida yuz bergan. 40 yoshli X.G. 'Equinox' rusumli avtomashinasida Yusuf Otabekov koʻchasidan harakatlanib kelayotgan 'Wolsvagen' rusumli tez yo

13 Jun 09:59
 
83
0
xs.uz

Boʻstonliqda kuchli shamol oqibatida “dom”lardan birining tom qismi uchib ketdi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan kuchli shamol oqibatida uylarning tom qismi uchib ketgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh berdi.Bildirilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat hokimligi va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch vositalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan hamda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.Aniqlanishicha, sodir boʻlgan kuchl

15 Jun 10:46
 
92
0
xs.uz

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq