Ushbu taqdimotda muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator yo'nalishlarda dolzarb vazifalar belgilandi. Jumladan, bugungi kunda raqamli transformatsiya va 'yashil' texnologiyalar sohasiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi uqtirildi. Mavjud investitsiyalarni o'zlashtirish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqarishga tezkor tatbiq etish, barcha jabhalarda energiya tejamkorligi va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga erishish, eng asosiysi, mehnat unumdorligini ta'minlash kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan ham aniq ko'rsatmalar berildi.
Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida na shu ulug'vor vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan 'OKMK' Boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning kombinat ishchi-xizmatchilari va muhandis-texnik xodimlari bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Kombinat rahbari ta'kidlaganidek, muhtaram Prezidentimizning keyingi uch-to'rt yilda OKMKga e'tibori, yangi-yangi loyihalar yuzasidan bergan samarali tavsiyalari natijasida barcha korxonalardagi ishlab chiqarish hajmi ortib, mahsulot sifati mukammallashib bormoqda. Ishchi-xizmatchilarning moddiy ta'minoti yil sayin yaxshilanmoqda. Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo'yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi kabi korxonalarda mamlakatimiz rahbari ilgari surgan mahalliylashtirish dasturi muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan 'Yoshlik-1' konini o'zlashtirish bu yo'nalishda yangi-yangi samarali loyihalarni yaratish jarayonlari ham bugun kombinat ishchi-xizmatchilari uchun eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Kombinatda katod misi, oltin va kumush, selen va tellur, sulfat kislotasi, mis kuporosi, ammoniy perrenat, kuydirilgan molibden va volfram mahsulotlarini qayta ishlash, qattiq qotishmalar va o'tga chidamli keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish, samarali loyihalar asosida investitsiya kiritish, mahsulot eksporti hajmini ko'paytirish borasida ham tegishli yutuqlar mavjud.
Shuningdek, OKMKda ishni to'g'ri tashkil etish, mehnat samaradorligiga erishish, mahsulot tannarxini me'yorlashtirish, elektr energiyasi tejamkorligini ta'minlash borasida yetarli tajribalar to'plandi.
OKMK rahbari A. Xursanov bugungi uchrashuvda raqamli transformatsiya va 'yashil' texnologiyalarni dadil joriy etish, mis katodi ishlab chiqarishni 179 ming tonnaga yetkazish, jamoaning ijtimoiy muhofazasini yil sayin kengaytirib borish kabi bir qator jarayonlarga alohida to'xtaldi. Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishini yakuniga yetkazish va infratuzilma obyektlarini o'z vaqtida topshirish, yangi metallurgiya kompleksi qurilishini jadallashtirish kabi masalalarda ham jo'yali fikrlar ilgari surildi. Uchrashuvda ta'kidlanganidek, bu yil OKMK jamoasining tashabbusi bilan yetarli bilim va tajribaga ega bo'lgan kombinat ishchi-xizmatchilari safarbarlik tizimida ish olib boradilar.
Shodiyor MUTAHAROV,''Xalq so'zi'.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistondagi suv havzalarida tartib oʻrnatmoqchi
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishiladi. Bu haqda 'Lex.uz' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2025-yilning 1-mayidan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻr
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini koʻrib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.Bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.Davlatimiz rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgan edi. Unda berilgan koʻrsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. 'Toshkentboshpla
Saylov jarayonlarini raqamlashtirish: xorij va Oʻzbekiston tajribasi
Sir emas, bugun demokratik jarayonlarni raqamlashtirish davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini oshirish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Buni bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining saylov jarayoniga taʼsiri sezilarli darajada ortib borayotgani misolida ham buni kuzatish mumkin. Zero, soʻnggi davrda yurtimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yangi imkoniyatlaridan keng foydalanish boʻyicha ilgʻor tajr