calendar 03 Feb 17:32
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina droni Volgagraddagi neft zavodiga zarba berdi

image

Rossiyadagi Volgograd neftni qayta ishlash zavodiga uchuvchisiz samolyot hujum qildi va u urib tushirildi. Dron qulashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov ma’lum qildi.

“Volgograd onlayn” nashriga  ko‘ra, yong‘in  Krasnoarmeyskiy tumanidagi “Lukoyl-Volgogradneftepererabotka” zavodi hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in maydoni 300 kvadrat metrga yetgan. Yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan.

Belgorod viloyati rahbari Vyacheslav Gladkov Novooskol shahar okrugida havo hujumidan mudofaa tizimlari faollashtirilgani, dron qoldiqlari turarjoy binolari va transport vositalariga zarar yetkazganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Rostov gubernatori viloyatda qurbonlar yo‘qligini ta’kidladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi 3 fevralga o‘tar kechasi bir qancha hududlarida yettita Ukraina dronini o‘qqa tutgani  va  yo‘q qilganini tasdiqladi. 

Bildirilishicha, Rossiya harbiylari Belgorod viloyatida to‘rtta, Volgograd viloyatida ikkita va Rostov viloyatida yana bir dronni urib tushirgan.

Qayd etish joizki, Volgograd neftni qayta ishlash zavodi Janubiy federal okrugdagi eng yirik neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchisidir. Zavodning quvvati 14,8 million tonnani tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida Rossiyaning kamida oltita neft va gaz infratuzilma ob’ektlariga hujum qilgan Ukraina dronlarining zarbalari yirik neft kompaniyalari eksportiga zarba bergan. Bu yanvar oyida benzin eksportining 37 foizga, dizel yoqilg‘isi eksportining 23 foizga qisqarishiga olib keldi. Rossiya Energetika vazirligi buni neftni qayta ishlash zavodlaridagi "rejadan tashqari ta’mirlash" va ichki bozor ehtiyojlari bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvarga o‘tar kechasi urush boshlanganidan beri birinchi marta Rossiyaning Leningrad viloyatiga dron uchirilgandi. O‘shanda mahalliy nashrlar qanotlarining uzunligi olti metrgacha bo‘lgan samolyot tipidagi dron Sankt-Peterburgdagi neft terminalini nishonga olganini yozgandi. 29 yanvar kuni esa Rossiyaning Yaroslavl viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektiga dron hujumi uyushtirildi. Viloyat gubernatori Slavneft-YANOS neftni qayta ishlash zavodiga hujumning oldi olinganini bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan

27 Jan 00:54
 
27
0
xs.uz

Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi

22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi,

31 Jan 15:22
 
22
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi

27 Jan 00:54
 
19
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk