calendar 03 Feb 16:55
eye 69
comments 0
comments Manba: postda.uz

MILLATIMIZ FAXRU IFTIXORI

image


Bugun Ichki ishlar vazirligida O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish muhim vazifa mavzusida navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi.

IIV Markaziy apparati xodimlari ishtirok etgan tadbirni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar xizmati boshlig'i, polkovnik Hamza Maxsumov ochib, so'nggi yillarda barcha sohalar qatori, ichki ishlar organlari tizimida ham o'zbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Shuningdek, polkovnik H.Maxsumov davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va ularning ijrosini ta'minlash vazirlik rahbariyati tomonidan nazoratga olingani, bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilinganini qayd etdi.

Shundan so'ng so'zga chiqqan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi direktori Azizjon Eminov hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov bugungi kunda ona tilimizning obro'sini yanada ko'tarish davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri ekani, buning uchun yetarlicha sa'y-harakatlar amalga oshirilayotganiga batafsil to'xtaldi. Hozirda dunyoning ko'plab davlatlarida o'zbek tili o'rganilayotgani, endilikda ularning sonini yanada oshirish maqsadida ish olib borilayotganini tilga olishdi.

Tadbir doirasida ona tilimiz haqidagi videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bergan savollariga soha mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi.

Mixli SAFAROV,

o'z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
39
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
37
0
xs.uz

Bir-birimizni maqtash uchun kelmadik – Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 22-23-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida vazirlikning 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishida ishtirok etdi va hududdagi madaniyat, sanʼat yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Jumladan, 'Vazir va yoshlar uchrashuvi' doirasida 200 nafardan ortiq qoraqalpoqlik yoshlar bilan

31 Jan 15:22
 
27
0
xs.uz

“Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”

Olti asrga yaqinki, Alisher Navoiy oʻz xalqining manglayini maʼrifat nuri bilan yoritib kelayotgan ulugʻ siymolardan biri hisoblanadi. Har yili oʻzbek tili bayrami arafasida tengsiz tafakkur dahosining buyukligini koʻramiz.Navoiyning 584-yildan beri tavallud ayyomini nishonlab kelayotgan boʻlsak-da, umrimizni Navoiy yillari bilan oʻlchasak, biz bul ulugʻ zotga qanchalik yaqinlashdik? Benazir tafakkur olamini nechogʻliq teran angladik? Amir Alisherning gʻazallarini Hirotdan tortib Samar

27 Jan 00:55
 
42
0
xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Jo