calendar 03 Feb 12:46
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Eronga aloqador 85 dan ortiq nishonga zarba berdi

image

AQSH kuchlari Iordaniyadagi amerikalik askarlarga qarshi hujumga javoban Iroq va Suriyadagi 85 dan ortiq nishonga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi xabar berdi.

“2 fevral kuni 04:00 da Markaziy qo‘mondonlik kuchlari Iroq va Suriyada Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli “Al-Quds” maxsus kuchlari va unga aloqador guruhlarga qarshi havo hujumlarini boshladi. AQSH Qurolli kuchlari 85 dan ortiq nishonga zarba berdi", deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, operatsiyada “ko‘plab samolyotlar”, jumladan, uzoq masofali bombardimonchi qiruvchilar ham ishtirok etgan. Bombalangan nishonlar qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari, razvedka markazlari va dron omborlari bo‘lib, havo hujumlarida “125 dan ortiq aniq boshqariladigan o‘q-dorilar” ishlatilgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden Suriya va Iroqdagi amerikalik askarlarga hujum qilgan guruhlarga aloqador nishonlarga zarba berishni buyurganini aytdi. 

"Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda yoki dunyoning boshqa joylarida mojaroga intilmayapti. Ammo kim bizga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa, shuni bilsinki, agar siz amerikalikka ziyon keltirsangiz, biz javob beramiz”, deydi Bayden. 

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Eronga bilan bog‘liq ob’ektlarga zarbalar "AQSH javobining boshlanishi" edi. 

"Prezident Bayden Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi va unga aloqador jangarilarni AQSH va koalitsiya kuchlariga qilgan hujumlari uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni buyurdi. Ular biz tanlagan vaqtda va biz tanlagan joyda qabul qilinadi. Biz Qo‘shma Shtatlar, kuchlarimiz va manfaatlarimizni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz ", deya ta’kidlaydi Pentagon rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Suriya-Iordaniya chegarasi yaqinidagi AQSH harbiy bazasiga qilingan dron hujumi oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan edi. Hujum uchun javobgarlikni Iroq qarshiligi deb atalgan guruh o‘z zimmasiga oldi. AQSH esa o‘z askarlarining o‘limida Eronni aybladi. Prezident Bayden bunga o‘zi mos deb hisoblagan vaqtda va darajada javob qaytarishga va’da berdi. Tehron esa hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Jo Bayden qarshi javob choralarini ishlab chiqishni buyurgani, ehtimoliy takliflar qatorida Iroq va Suriyadagi Eron harbiy xizmatchilariga hujum ham ko‘rib chiqilayotganini yozdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 15:17
 
20
0
xs.uz

Isroil mudofaa vaziri AQSHga safarini nega bekor qildi?

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant AQSHga tashrifini bekor qildi. Toʻxtatilgan sayohat Isroilning Eronning raketa hujumiga javob qaytarishiga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi. Vazir AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi.Pentagon matbuot kotibi bu maʼlumotni tasdiqladi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefonda gaplashmaguncha va Isroilning Eronga javobini maʼqullamaguniga qadar tashrif toʻxtatilgani haqidagi xabarlarga izo

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Isroil BMTga tegishli mashinaga hujum uyushtirganini “aloqa xatosi” deb atadi

Isroil harbiy boʻlinmalari oʻrtasidagi 'aloqa xatosi' tufayli Gʻazoda BMTga tegishli Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) mashinasiga oʻq uzilganini maʼlum qildi. Bu haqda AQSHning BMTdagi elchisi oʻrinbosari Robert Vud BMT Xavfsizlik kengashining Gʻazo boʻyicha yigʻilishida aytib oʻtdi va Isroilni oʻz tizimidagi muammolarni hal qilishga chaqirdi.'Reuters' nashrining yozishicha, Vud, Isroil oʻz xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olishi va Isroil Mudofaa Kuchlari buni qaytarilmasligi uc

10 Oct 16:41
 
23
0
xs.uz

NATO yadroviy qurollar mashqlarini boshlaydi

Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) 14-oktyabr kuni 'Steadfast Noon' yillik yadroviy qurollar mashqlarini boshlaydi. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashish uchun Londonga kelganida jurnalistlarga maʼlum qildi.'Dushanba kunidan boshlab NATO 'Steadfast Noon' manevrlarini boshlaydi', dedi u.Ushbu mashqlar har yili NATOning yadroviy va yadroviy boʻlmagan davlatlarining oʻnlab samolyotlari ishtirokida oʻtkaziladi va taktik yadro zarbalarini si

03 Sep 21:35
 
26
0
xs.uz

Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi 'Hyundai' rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 naf