Bugun, 2 fevral kuni Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 1/4 final bahslari start oldi. Musobaqa kashfiyotiga aylangan Tojikiston milliy terma jamoasi mazkur bosqichda Iordaniya bilan bahs olib borib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yinning 66-daqiqasida tojikistonliklar himoyachisi Vahdat Hanonov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 1:0 hisobi o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va Iordaniya turnirning yarim finaliga yo‘l oldi.
Shunday qilib, o‘z tarixida birinchi marta Osiyo kubogida ishtirok etgan Tojikiston milliy terma jamoasi chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Iordaniyaliklar esa yarim finalda Janubiy Koreya-Avstraliya qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya-Avstraliya o‘yini bugun, 2 fevral kuni soat 20:30 da boshlanadi.