calendar 03 Feb 09:35
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Minhojiddin Mirzo Yozuvchilar uyushmasiga qaytdi

image

Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Yig‘ilishda Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bungacha u 2019 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, shoir va jurnalist Minhojiddin Mirzo 1965 yilda tug‘ilgan, U 1990 yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. U 2012−2013 yillarda — Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari. 2013−2014 yillarda Madaniyat va sport vaziri bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Minhojiddin Mirzoning o‘rniga o‘rniga Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori etib tayinlangani xabar qilingandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
25
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah

08 Sep 16:44
 
28
0
xs.uz

Kaxa Imnadze: Markaziy Osiyo – mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatishda dunyoning boshqa mintaqalari uchun namuna boʻlmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Yangi Oʻzbekiston va Yangi Markaziy Osiyoning uygʻonish davri haqidaBugun Markaziy Osiyo mintaqasi sheriklik va oʻzaro manfaatli hamkorlikning keng hududiga aylanib bormoqda. Mintaqa davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari taraqqiyot va farovonlik yoʻlidagi tashabbuslarni birlashtiri

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Yerfurush qoʻlga olindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Asaka tumanida 'Yoshlar sanoat zonasi'ga tegishli 5 sotixdan iborat yer maydonini sotishga urinayotgan shaxs qoʻlga olindi. Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimida faoliyat olib boruvchi fuqaro tanishiga ushbu maydonni mol-mulki bilan birgalikda tuman hokimligi masʼullari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Shunga muvofiq u umumiy ovqatlanish shoxobchasida 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish idoralari

08 Sep 16:44
 
24
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BMT vakilini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli'tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo