calendar 02 Feb 20:37
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qishloq xoʻjaligi eksportini oshirish masalalari koʻrib chiqildi

image
2023-yilda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi 4,1 foiz oʻsgan. Bu sohadagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Lekin mavjud salohiyat bundan ancha yuqori.

Shu bois davlatimiz rahbari 18-yanvar kuni eksport va sanoat masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida meva-sabzavotchilikka doir vazifalarni ham koʻrsatib oʻtgan edi. Xususan, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga yangi salohiyatli bozorlar topish, eksportbop mahsulotlar ekilishini tashkillashtirish boʻyicha ham masʼuliyat belgilandi.

Agentlik tomonidan oʻsimliklarni zararli unsurlardan himoya qilish, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar qilinmoqda. Jumladan, hududlardagi statsionar va mobil laboratoriyalar orqali 1 million 40 ming gektar yerning tuproq tahlili oʻtkazilib, mineral oʻgʻitlarni qoʻllash meʼyori ilmiy asosda belgilab berildi. Sohada 7 ta yangi axborot tizimi joriy qilinib, 40 ta yoʻnalish raqamlashtirildi.

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining 20 million dollarga yaqin grant mablagʻlari jalb etilib, laboratoriya va uskunalar yangilandi. Dala va bogʻlarga kimyoviy ishlov berish, import va eksport mahsulotlarini ekspertizadan oʻtkazish izchil davom ettirilmoqda.

Bunday chora-tadbirlar meva-sabzavotlarimiz sifati va xavfsizligida muhim omil boʻlmoqda. Soʻnggi yillarda 80 ta davlatga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti uchun 620 ta fitosanitar ruxsatlar olindi, ular bilan elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyildi. 'GSP+' tizimi doirasida 200 ming gektar maydon xalqaro talablarga moslashtirildi.

Yigʻilishda joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi.

Mutasaddilar sohadagi ishlar koʻlamini kengaytirib, bu yil qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini aytdi.

Buning uchun, avvalo, meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, uzum va dukkakli mahsulotlar yetishtirish koʻpaytiriladi. Hududlarda yana 20 ta mobil laboratoriya tashkil etilib, 'uzagrolab.uz' elektron platformasiga integratsiya qilinadi. Pestitsidlar muomalasidagi barcha jarayonlar raqamlashtirilib, sifatsiz pestitsidlarning yurtimizga olib kelinishi va noqonuniy savdosiga barham beriladi.

6 mingta bogʻ, 3 mingdan ziyod tokzor va dala maydonlari, 344 ta qadoqlash korxonasi xorijiy fitosanitariya talablariga muvofiqlashtiriladi. Yuqori samarali entomofaglar olib kelinib, zararkunanda hasharotlarga qarshi yangi turdagi biologik kurash yoʻlga qoʻyiladi.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali eksport hajmlari nisbatan qimmat bozorlarga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, yana 8 ta davlatga fitosanitar ruxsat olinadi. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan xalqaro koʻrgazmalarda eksportchi korxonalarimiz ishtiroki kengaytirilib, aniq buyurtmalar shakllantiriladi. Fargʻona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududida meva-sabzavot mahsulotlarni eksport qilishga qaratilgan zamonaviy infratuzilmalar tashkil etiladi.

Xorij tajribasi asosida oʻsimliklar himoyasi xodimlarining malakasi oshiriladi. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda har bir mahsulotni yetishtirish, saqlash, qadoqlash va yetkazib berish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqiladi.

Davlatimiz rahbari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksportbop mahsulotlar yetishtirish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
27
0
xs.uz

Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7

15 Apr 07:05
 
35
0
xs.uz

Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda'ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb'xabar bermoqda'viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.'Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi', deb yozadi IBB axborot xizmati.Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tum

22 Mar 08:54
 
60
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bogʻda koʻchat ekdi

'Atrof-muhitni asrash va 'yashil iqtisodiyot' yilida ko'chat ekib, yashillik yaratish ko'lami kengaydi. Poytaxtimizning Bektemir tumanida yana bir bog'ga asos solindi.Prezidentimiz davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerda ko'chat ekdi.Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy edi. Elning birligi bilan yana bir yashil makon, aholi hordiq chiqaradigan park paydo bo'lmoqda. Uch gektarlik hududga o'rmon konsepsiyasi asosida

14 Apr 06:18
 
44
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v