calendar 02 Feb 17:45
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Omar Momani O‘zbekiston terma jamoasi haqida karikatura e’lon qildi

image

Iordaniyalik mashhur futbol karikaturachi-rassom Omar Momani ayni kunlarda Qatar yashil maydonlarida Osiyo kubogi g‘olibligi uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi karikaturasini e’lon qildi.

Momanining "fantaziya"sida terma jamoa a’zolari Abduqodir Husanov, Jaloliddin Masharipov va Abbosbek Fayzullayevni chempionlik sari yugurayotgani aks etgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot va media bo‘limi rahbari Davron Fayziyevning ma’lum qilishicha, Momani O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini kuzatib boradi va O‘FA medianing Instagram sahifasiga kommentlar yozib turadi. U “oq bo‘rilar”ni Osiyo kubogida ham qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikda post chiqarishni taklif qilgan.

Bungacha ham Momani o‘zbek futboliga oid bir qator karikaturalar chizgan, jumladan u O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni tasvirlagan karikaturasi bilan ham o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
31
0
xs.uz

1 ta golli xato, 1 ta kartochka, 83 foiz aniqlik: Husanovning “Man Siti”dagi debyuti qanday oʻtdi?

Quvonarlisi shundaki, ushbu bahsda 'shaharliklar' tarkibida hamyurtimiz Abduqodir Husanov oʻzining ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi.Taʼkidlash joizki, Husanov 'Man Siti' tarkibiga atigi 5 kun oldin kelib qoʻshilgan va bor yoʻgʻi bir marta toʻlaqonli mashgʻulot oʻtkazgan. Shunga qaramay, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Pep Gvardiola hamyurtimizga ishonch bildirib, eng muhim bahsda asosiy tarkibda tushirgani oʻzbek futboli tarixidagi yorqin voqeiylik sanaladi.Uchrashuv hamyurtimiz

27 Jan 00:54
 
40
0
xs.uz

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?

'Manchester Siti' klubining rasmiy doʻkonida Abduqodir Husanovning ismi tushirilgan, 45-raqamli futbolkalar sotuvga chiqarildi. Turli dizayn va materiallardagi ushbu futbolkalar jamoa muxlislari uchun maxsus taqdim etilmoqda. Husanovning jamoaga qoʻshilishi muxlislarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlib, uning liboslari muxlislar uchun qadrli sovgʻa boʻlishi shubhasiz.Husanov ismi tushirilgan oddiy uy va mehmon liboslari 115 AQSH dollaridan 132 AQSH dollarigacha sotilmoqda. Shuningdek, 'Manch

27 Jan 00:54
 
39
0
xs.uz

“Man Siti” klubi yana bir yosh himoyachi sotib oldi. Husanov bilan yaxshi tandem boʻladimi yoki raqobat?!

'Manchester Siti' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari braziliyalik himoyachi Vitor Reis jamoaga kelib qoʻshilganini eʼlon qildi.19 yoshli futbolchi toʻrt yarim yillik shartnoma asosida 'shaharliklar' tarkibiga oʻtdi. 2029-yilning yozigacha amal qiladigan shartnomani tuzish uchun 'Man Siti' 35 million yevro toʻlaydi.Reis bugunga qadar Braziliyaning 'Palmeyras' jamoasi safida toʻp surgan. Futbolchi yangi jamoasida 22-raqamda toʻp suradi.'Vitor Reis ' dunyodagi eng umi

31 Jan 15:22
 
31
0
xs.uz

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchiga qoʻl bermagani uchun tanqidlarga uchradi

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev 'Tata Steel Chess 2025' turniri doirasidagi bahsda hindistonlik shaxmatchi Vaishali Rameshbabu bilan oʻyin oldidan qoʻlini siqib qoʻymagani sababli ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalar sabab boʻldi va tanqidlarga uchradi.Ushbu holat turnirning 4-turi doirasidagi bahsda kuzatilgan. Odatda shaxmatchilar oʻyin boshlanishidan oldin bir-birlarining qoʻlini siqib qoʻyishadi. Ammo Yakubboyev Vaishali uzatgan qoʻlni siqib qoʻyishni istamagan.N