calendar 02 Feb 17:34
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya deputatlaridan mamlakat fuqaroligini olganlar uchun yangi "syurpriz" tayyorlandi

image

Davlat Dumasiga Rossiya fuqaroligini olgan erkaklar uchun harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 50 yoshga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat parlament quyi palatasi ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.

Tashabbus mualliflari – deputatlar Aleksey Juravlyov, Aleksandr Boroday va Mixail Sheremet. Ularning fikricha, endi Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan xorijliklar harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tishdan qochadi yoki ma’lum yoshga yetgunicha kutadi. Shuni hisobga olib ular "Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida" Federal qonunining 22-moddasi 1-qismiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishmoqda.

O‘tgan yilning yanvar-oktyabr oylaridagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 318 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan. Ular asosan Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Ozarbayjondan kelgan muhojirlardir.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olgan chet el fuqarosi yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab ikki hafta ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Harbiy guvohnomasiz bunday fuqarolar Rossiyada qonuniy ravishda ishlay olmaydi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasining fuqarosi nafaqat imtiyozlardan foydalanishi, kerak bo‘lganda yangi vatanini himoya qilishi ham kerak.

Ma’lumot uchun, 2024 yildan boshlab Rossiyada chaqiruv yoshining yuqori chegarasi 30 yoshga chiqdi. Putin harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 27 dan 30 ga oshirish haqidagi qonunni imzolagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 08:44
 
19
0
qalampir.uz

Kolumbiya Prezidenti Netanyaxuni genotsidda aybladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida genotsid sodir etgan shaxs sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdii. “Janob Netanyaxu, siz genotsid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz. Minglab begunoh bolalar, ayollar va qariyalar ustiga bomba tashlash sizni qahramonga aylantirmaydi. Siz Yevropada millionlab yahudiylarni yo‘q qilganlar qatorida bo‘lasiz. Genotsid din bilan bog‘liqmi yoki

11 May 14:07
 
20
0
qalampir.uz

Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Joriy yilning 8 may kuni Tojikiston Bosh prokurori Rahmon Yusuf Ahmadzoda va AQSH elchisi Manuel Mikaller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi xabar berdi. Uchrashuvda har ikki davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi chaqiriq va tahdidlar to‘g‘risida axborot almashish, ikki davlat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlik va ekstremizm ko‘rinishlarining oldini olish va terrorizm, kiberjinoyatlar, transmilliy uyushgan j

11 Apr 13:56
 
55
0
qalampir.uz

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

Saudiya Arabistonining Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xalqni Ramazon hayiti bilan tabriklash asnosida ma’lum qildi. O‘rinbekov mamlakat rahbari Sadir Japarov ko‘magida Makka shahrida tahsil olayotgan va ziyorat qilayotgan Qirg‘iziston fuqarolari bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan mehmonxo

11 Apr 13:56
 
76
0
qalampir.uz

O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

O‘zbekiston va Ozarbayjon kompyuter ko‘magida qo‘shma taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda kecha, 9 aprel kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilisho‘icha, ikki davlat o‘rtasida kompyuter ko‘magida taktik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari “Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida imzolangan 2024 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi”ga muv