calendar 02 Feb 16:30
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buxorolik xalq amaliy sanʼati ustalari Fransiyada oʻz mahoratini namoyish etadi

image
Ular orasida Buxoro shahridagi 'Abru bahor' tasviriy sanʼat markazi rahbari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Rahim Hakimov, dizayner Nargiza Maʼrupova, kandakor Islom Muhsinov, zargar Shodmon Saidmurodov, 'Pilgrim travel' sayyohlik agentligi taʼsischisi Akmal Rahmonovlarni koʻrish mumkin.

' Fransiyalik sanʼat ixlosmandlaridan sanalgan Anna Karo ustaxonamizda boʻlib, ijodiy ishlarimiz bilan yaqindan tanishgan edi, ' deydi rassom Rahim Hakimov. ' Mehmonga ayniqsa, 'Abroʻ bahor' sanʼatining yangi zamonaviy yoʻnalishidagi asarlarim katta taassurot qoldirdi. U Fransiyada oʻtadigan ushbu festivalga boshqalar qatori meni ham taklif etdi. Bu tadbirga alohida tayyorgarlik koʻrdim. 'Abroʻ bahor' uslubidagi 70 ta asarimni olib borayapman. 'Samoviy raqs', 'Koʻprik', 'Kuy, ғазал...' kabi kartinalar shular jumlasidan.

' Festival dasturiga koʻra, Verden-syur-Garona shahri maʼmuriyati bilan uchrashuv tashkil etiladi, ' deydi festival qatnashchilaridan biri, 'Ipak yoʻlidagi karvonsaroylar' fransuz assotsiatsiyasining Buxorodagi filiali direktori oʻrinbosari Irina Mavlanova. ' Oʻzbekistonning boy madaniy -maʼnaviy merosi, turistik salohiyati taqdimoti oʻtkaziladi. Buxorolik xalq amaliy sanʼati ustalarining ijodiy ishlari savdo-koʻrgazmasi, modalar namoyishi uyushtiriladi. Muloqotlar tashkil qilinadi. Oʻzbek milliy taomlari, xususan, palov va choydan tatib koʻrish marosimi oʻtkaziladi.

Tabiiyki, buxorolik mehmonlarga mezbonlar maxsus madaniy dastur ham tayyorlashgan. Unga koʻra, yurtdoshlarimiz uchun pishloq tatib koʻrish marosimi uyushtiriladi. Ular Tuluza shahridan 40 kilometr olisda joylashgan, qadimiy goʻsha ' Verden-syur-Garonaning diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar.

Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi — Fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar'qo'ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

31 Jan 15:21
 
24
0
xs.uz

Har bir hududda “Hunarmandlar sanoat markazi” tashkil etiladi

2025-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi 'Hunarmand' uyushmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida '2024-yil hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil rejalari' mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.Matbuot anjumanida 'Hunarmand' uyushmasi rahbar xodimlari, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi usta-hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar soni 9 b

31 Jan 15:20
 
21
0
xs.uz

Uy-joy qurish oʻzboshimchalik bilan qilinadigan ish emas

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Xalqimiz hayotida uy-joy juda katta ahamiyatga ega. Hech bir oila yoʻqki, oʻz uy-joyiga ega boʻlish, farovon turmush kechirish uchun munosib shart-sharoit yaratishga harakat qilmasa. Buning uchun yillab mehnat, katta mablagʻ sarf etilishi ham sir emas.Shunday ekan, uy-joy yoki biror imorat qurishda ishni oldindan rejalashtirib, hujjat ishlariga ham toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmasdan, oʻzboshimchali

31 Jan 15:21
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston fuqarolari Ozarbayjonga “qizil pasportsiz” kirishi mumkin boʻladi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet elga chiqish pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beruvchi ID-kartalarni oʻzaro tan olish masalasini muhokama qildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari oʻrtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan oʻtish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bagʻishlan