calendar 02 Feb 14:35
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Aripov Olmaotada Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

image

Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumati delegatsiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Olmaota shahriga bordi. Bu haqda hukumat portalida ma’lum qilindi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda uning qozog‘istonlik mavqedoshi Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bildirilishicha, suhbat davomida mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani ta’kidlangan.

Xususan, o‘tgan 7 yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshgani aytilgan.

“Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengayyapti”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
44
0
qalampir.uz

Jizzaxda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi jazolandi

Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.  Bolalar ombudsmaniga kaltak yegan o‘quvchining onasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda ona 2023 yilning 26 dekabr kuni maktabda o‘qituvchi S.M  o‘g‘lining (7-sinf o‘quvchisi) yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta

11 Apr 13:59
 
49
0
qalampir.uz

Hayit namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10 aprel (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi. Shunga ko‘ra, 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi: Andijon viloyati   06:00 Namangan viloyati   06:00 Farg‘ona viloyati   06:00 Toshkent viloyati   06:10  Toshkent shahri   06:10 Sirdaryo viloyati  

10 May 13:32
 
44
0
qalampir.uz

Mirziyoyevning Moskvaga safari yakunlandi (foto)

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Ayni damda, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini b

23 Apr 03:35
 
40
0
xs.uz

Prezidentlar Oʻzbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.Elchixonada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy m